2025 yilning yanvar–fevral oylarida Oʻzbekiston tabiiy gaz importini 4,6 barobarga qisqartirib, eksportini 1,6 barobarga oshirdi. Milliy statistika qoʻmitasining maъlumotlariga koʻra, ikki oyda gaz importi 35,8 million dollarni tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davridagi 166,7 million dollarlik koʻrsatkichdan ancha kam.


Yanvar oyida gaz importi 27,8 million dollar, fevralda esa 8 million dollar boʻldi. Fizik hajmlar ochiqlanmadi. Shu bilan birga, gaz eksporti deyarli 1,6 barobarga oshib, 42 million dollarga etdi. Xabarda maъlum qilinishicha, eksport asosan Xitoy, Qirgʻiziston va Tojikistonga amalga oshirilmoqda.


Xitoyga eksport yil boshidan buyon 49,4 million dollarni tashkil etdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 13,9% kam. Qirgʻizistonga esa gaz etkazib berish qayta tiklandi — ikki oyda 10,4 million kub metr gaz 1,84 million dollarga eksport qilindi. Eksport narxi ming kub metr uchun taxminan 177 dollarni tashkil etdi.


Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston avvalroq 2025 yilga qadar gaz eksportini toʻxtatish rejasi haqida maъlum qilgan edi. Biroq, soʻnggi maъlumotlar bu jarayon hali toʻxtamaganini tasdiqlab turibdi.

Mavzuga aloqador