Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirish kiritiladi
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati ayrim qarorlariga yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish va harakat xavfsizligini oshirish maqsadida oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish loyihasini ishlab chiqdi.
Eъlon qilingan loyihaga koʻra, chorrahalar va piyodalar oʻtish joylarida “aqlli svetoforlar” hamda zamonaviy texnik vositalar oʻrnatiladi.
Yoʻllarni yoritish, tozalash va belgilash xizmatlari xususiy kompaniyalar orqali tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, yoʻl-transport hodisalari tez-tez sodir boʻladigan hududlar “Avariya oʻchogʻi” sifatida tasniflanadi va uch turga ajratiladi.
Bular – uzoq saqlanuvchi, mavsumiy va qisqa muddatli avariya sodir boʻlayotgan hududlar, deyiladi loyiha matnida.












