Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida joylashgan "Russkiy dom" xodimi Natalьya Sekerina tergov hisbxonasidan qoʻyib yuborildi. U Rossiya armiyasiga noqonuniy yollash bilan shugʻullanganlikda ayblanib, Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi tomonidan ushlangan edi.


TASS agentligining yozishicha, noqonuniy yollash ishi boʻyicha barcha ayblanuvchilarga nisbatan ehtiyot chorasi dastlabki qamoqqa olishdan uy qamogʻiga oʻzgartirilgan.


Ayblanuvchilarni uy qamogʻidan ham ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Qamchibek Tashiev va Rossiya elchisi Sergey Vakunov oʻrtasidagi uchrashuvdan soʻng qabul qilingan.


Maъlumot uchun, noqonuniy yollash ishi boʻyicha Oʻsh meriyasi matbuot xizmati xodimi Sergey Lapushkin, "Regnum" agentligi kuzatuvchisi Viktor Vasilьev va ismi oshkor etilmagan yana bir shaxs ham ayblanayotgan edi.


Mavzuga aloqador