Xitoy Oʻzbekistonning strategik sherigiga aylanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur avtonom rayoniga tashrif buyurdi.
Aytilishicha, tashrif doirasida Xitoy Kommunistik partiyasi Shinjon mintaqaviy qoʻmitasi kotibi Ma Sinьtszyuy bilan muzokaralar oʻtkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni quyidagi yoʻnalishlarda kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqilgan:
➖savdo,
➖sanoat,
➖sogʻliqni saqlash,
➖transport va logistika,
➖energetika.
Tomonlar 2024 yilda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi savdo hajmi 13 milliard AQSh dollariga etganini qayd etgan. Muloqotda bu koʻrsatkichni 20 milliard dollarga etkazish uchun zarur zamin mavjudligi taъkidlandi, deyiladi xabar matnida.
Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston–Xitoy munosabatlari oʻzaro ishonch asosida rivojlanib, keng koʻlamli strategik hamkorlik bosqichiga oʻtayotgani maъlum qilingan. Ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi muntazam aloqalar va ochiq siyosiy muloqot bu jarayonga muhim turtki boʻlayotgani alohida qayd etilgan.
Avvalroq Oʻzbekiston va Xitoy “Markaziy Osiyo — Xitoy” formatidagi beshinchi sammit chogʻida ham oʻzaro hamkorlikni chuqurlashtirish borasidagi rejalarni bildirgan edi.













