Qirgʻiziston-Xitoy chegarasida 7 ballik zilzila sodir boʻldi. Uning kuchi Oʻzbekiston va Qozogʻiston shaharlarida ham sezildi.
Toshkentning uchta tumanida atmosfera havosini ifloslantirayotgan 160 ta korxona, jumladan, beton, un va mato-gazlama ishlab chiqaruvchi tsexlar chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish boʻyicha ogohlantirildi.
Qozogʻiston rossiyalik teleboshlovchi, rus propagandachisi Tina Kandelakining mamlakatga kirishini taqiqladi. Kandelaki avvalroq Qozogʻiston davlat darajasi rus tilini asta-sekin, lekin ishonch bilan siqib chiqarayotganini yozgan edi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya bilan uchrashdi. Tomonlar Gʻazo sektorida sulhni tezroq oʻrnatish imkoniyatlari, Falastin anklaviga insonparvarlik yordami hajmini oshirish va mahbuslarni ozod qilish masalalarini muhokama qildi.
Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Tokaev Vatikanda katoliklarning diniy etakchisi - Rim papasi Frantsisk bilan uchrashdi. Rim papasi Qozogʻiston prezidentiga tinchlik va barqarorlikka qoʻshgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi, Qasim-Jomart Tokaev esa Qozogʻistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik katolik jamoati istiqomat qilishini aytdi.
Istanbulda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan ishtirokida Imom Termiziyning “Sunan” asarini xatm qilgan yosh olimlarga muhaddis Shayx Muhammad Avvoma tomonidan maxsus ijozalar taqdim etildi. Marosimda Musulmonlar idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita rahbarlari va boshqa Oʻzbekiston vakillari ham qatnashdi.
Turkiyaning Baykar Yönetim aviasozlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Selchuk Bayraktar Fergani Uzay (Fargʻoniy koinot) loyihasi doirasida ilk sunʻʻiy yoʻldosh 2024 yilda kosmosga uchirilishini maʻʻlum qildi.
Qozogʻiston parlamenti mamlakat harbiy xizmatchilarining Yaqin Sharq va Janubiy Sudandagi BMT tinchlikparvar missiyasida ishtirok etishini maʻʻqulladi. Unga koʻra, 430 nafargacha boʻlgan qozogʻistonlik harbiylar, jumladan maxsus boʻlinma xizmatchilari Suriya, Falastin, Isroil va Sudan hududlariga yuboriladi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinʻpinning taklifiga binoan 23-25 yanvarʻ kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
SpaceX kompaniyasining Dragon kapsulasini Xalqaro kosmik stantsiyaga (XKS) olib boradigan Falcon 9 raketasi mahalliy vaqt bilan 16:49 da uchirildi. Unda Turkiyaning ilk kosmonavti Alper Gezeravji ham bor.