Ozarbayjon parlamenti Frantsiya Senatining Bokuga qarshi sanktsiyalarni oʻz ichiga olgan qarorga javoban, Tashqi ishlar vazirligiga Frantsiyaning mustaqillik daʻʻvo qiluvchi Kanaka, Maoxi Nui va Korsika hududlari suverenitetini tan olish choralarini koʻrish topshirdi.
SpaceX kompaniyasining Axiom-3 missiyasini Xalqaro kosmik stantsiyaga olib chiqishi kerak boʻlgan Falcon 9 raketasi parvozi bir kunga qoldirildi.
Boshqirdistonda Fail Alsinov ekstremizmda ayblanib 4 yilga qamalishi ortidan minglab mahalliy aholi norozilik bildirib chiqdi. Politsiya va fuqarolar oʻrtasida toʻqnashuvlar kelib chiqdi, aholiga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalanildi. Fail boshqird tilidagi nutqlaridan birida markaziy osiyoliklarni «kara xalyk» deb atab, ularning oʻz yurtlariga ketishlarini talab qilgan.
Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji 18 yanvarga oʻtar kechasi uchinchi Axiom (Ax-3) tijoriy missiyasi tarkibida Xalqaro kosmik stantsiyaga parvoz qiladi.
Qirgʻizistonning Botken shahrida 10-16 yanvarʻ kunlari topografik ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishida qirgʻiz-tojik davlat chegarasining 38 kilometrini delimitatsiya (umumiy chegaralarning yoʻnalishi va holatini aniqlash) hamda demarkatsiya (chegara belgilarini koʻrsatgan holda davlat chegarasini belgilash) boʻyicha kelishuvga erishildi.
BAA hukumati 16 fevraldan Oʻzbekiston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejimni joriy qildi.
turk tashkilotlari 2023 yil oxirigacha Afrikada 85,4 mlrd dollarlik 1864 ta loyihani amalga oshirdi. Turkiya-Afrika savdosi 2003 yildagi 5,4 mlrd dollardan 2022 yil oxiriga kelib qariyb 41 mlrd dollarga oʻsdi. Bu koʻrsatkich 2023 yilda 50 mlrd dollarga etishi kutilmoqda.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov 11 yanvarʻ kuni Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi hukumatni agʻdarishga tayyorgarlik koʻrayotgan guruh fosh etilganiga munosabat bildirib, xalq noroziligidan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanmoqchi boʻlganlar qattiq jazolanishini maʻʻlum qildi.
Qozogʻistonda Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiy kontingentlari ishtirokida «Birlestik» oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazadi.
Turkiyaning “Antalyaspor” klubida toʻp suruvchi isroillik futbolchi Sagiv Exezkel “Tarbzonsport” kludi darvozasiga gol urganidan soʻng kameraga “7 oktyabrdan beri 100-kun” yozuvi va bilagidagi Dovud yulduzini koʻrsatib, Isroilning Gʻazodagi genotsidini qoʻllab-quvvatlashini namoyon etdi. Keyinroq “Bashakshehir”da oʻynayotgan isroillik Eden Kartsev ham ham ijtimoiy tarmoqlarda “100 kun” soʻzi boʻlgan postni eʻʻlon qildi. Sportchilarning bu harakatlari qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi.