Ustoz haqida bu kabi asossiz xabarlar tarqatilishiga sabab boʻlgan IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov ham xatosini tan oldi. Uning aytishicha, Mubashshir Ahmad Jinoyat kodeksining 244-2-moddada nazarda tutilgan jinoyatda gumonlanmayotgani, axborot tarqatishda texnik xatolikka yoʻl qoʻyilgan.
Istanbulda Turkiya va xorijiy davlatlardagi yahudiy maktablari va sinagogalariga bir vaqtda hujumlar uyushtirishni rejalashtirishda gumonlangan oʻzbekistonlik qoʻlga olindi. Turkiyaga Evropa davlatlari orqali kirgan gumonlanuvchining terrorchi guruhlar bilan yozishmalari fosh qilingan va kuzatuvga olingan.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQShdan turli davlatlarga deportatsiya qilinayotgan fuqarolar xavfsizligini taъminlash uchun Amerika bilan hamkorlik qilinayotganini bildirdi. Jumladan, Amerika tomoniga Kosta Rika va Panamaga yuborilayotgan oʻzbekistonliklar haqida maъlumot soʻrab murojaat qilingan.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning amaldagi konstitutsiyasini oʻzgartirish boʻyicha umumxalq referendumini oʻtkazishga chaqirdi. Reuters agentligining yozishicha, bu Armanistonning azaliy raqibi boʻlmish Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini tuzishga yordam berishi mumkin.
Islom taraqqiyot banki Oʻzbekistonda taъlim va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash uchun qariyb 300 mln dollar ajratadi. Grant bitimlari doirasida inklyuziv taъlim talablariga asoslangan jami 58 ta maktabi quriladi. Shuningdek, Sirdaryo viloyatidan oʻtuvchi A-373 avtomobilь yoʻli rekonstruktsiya qilinadi.
Toshkentning qadimiy Oʻqchi mahallasida barpo etilgan Tashkent City hududidagi galereyaga aylantirilgan “Orifjonboy” tarixiy masjidi yana namoz oʻqish uchun ochildi. Biroq hozircha masjid tahoratxonasi yoʻq.
Prezident Shavkat Mirziyoev Oʻzbekistonda boʻlib turgan Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Vazir Mirziyoevga Saudiya Arabistoni podshohi Salmon Ol Saudning Oʻzbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Kaъba yopinchigʻi kisvaning bir parchasini topshirgan.
Qozon shahrida boʻlib oʻtgan Qurъon tilovati musobaqasi nafaqat oddiy tomoshabinlarni, balki hakamlar hayъatini ham hayratga soldi, deydi «Ravza» jomeъ masjidi imom-xatibi Ilnur Vafin. Uning soʻzlariga koʻra, musobaqa ketma-ket ikkinchi yil oʻtkazilib, ishtirokchilar yil davomida katta yutuqlarga erishgan. Masalan, oʻtgan yili 10 ta sura yod olganlar hozir 30 poraning yarmini, baъzilari esa butun porani yod olishga muvaffaq boʻlgan.
Ertaga, 20 fevralь kuni Oliy Majlis Senatining toʻrtinchi yalpi majlisida diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qonun koʻrib chiqiladi.