Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev “Abu-Dabi Barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nutq soʻzlab, mamlakatning barqaror rivojlanish va “yashil” taraqqiyot boʻyicha ustuvor maqsadlarini bayon qildi.
Oʻzbekiston va Eron turizm sohasida qoʻshma qoʻmita tashkil etish va YuNESKO doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. ShuningdeEron Oʻzbekiston delegatsiyasini fevralʻ oyida Tehronda boʻlib oʻtadigan Xalqaro turizm koʻrgazmasiga taklif etdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 466 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Avvalroq, Oʻzbekistonda bolalarga Qurʻʻondan dars bergani uchun turmush oʻrtogʻi bilan birga qamalib chiqqan Hanifa Mirgʻanieva Turkiyadan boshpana topgan edi. Afsuski, ushbu ayol 30 dekabrʻ kuni ushbu mamlakatdagi yashash joyida oʻtkazilgan reyd paytida yana qoʻlga olindi.
Turkiya Afgʻonistonga 730 tonna gumanitar yordam etkazdi. Bu yordamga 4 ming chodir, 43 ming koʻrpa-toʻshak, oshxona jihozlari va oziq-ovqat paketlari kiradi. Maʻʻlumot uchun, Turkiya qochqinlarga yordam beruvchi mamlakatlar roʻyxatida birinchi oʻrinda turadi.
Orol dengizining shimoliy qismida suv hajmi 42 foizga oshib, 27 milliard kub metrga etdi. Bu haqda Qozogʻiston suv xoʻjaligi va irrigatsiya vazirligi maʻʻlum qildi. Suvning shoʻrlanishi toʻrt baravar kamaygan, yillik baliq ovlash hajmi esa 8 ming tonnagacha oshgan.
Qirgʻiziston parlamentida “ov”/“ova” va “vich”/“vna” qoʻshimchalari oʻrniga “uulu” (oʻgʻillar uchun), “qizi” (qizlar uchun) qoʻshimchalarini kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Ushbu loyiha tasdiqlanmay turib, parlament spikeri Nurlanbek Shakiev oʻz familiyasini Nurlanbek Turgʻunbek uuluga oʻzgartirdi.
Samarqand shahrida qoʻlbola spirtli ichimlik isteʻʻmoli natijasida 5 nafar erkak vafot etdi. Marhumlarning toʻrt nafari uyda, bir nafari shifoxonada halok boʻlgan. Ichimliklarni sotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Oʻzbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi oʻz kitob xazinasini yana bir qimmatli asar bilan boyitdi. Markazga buyuk astronom va matematik Ali Qushchining oʻgʻli Qozi Abdurahmon qalamiga mansub "Ravnaq-ul boʻston" asarining faksimile nusxasi olib kelindi.