Jidda shahrida Oʻzbekiston delegatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
HAMAS harakatiga yangi rahbar etib Muhammad Sinvar tayinlandi. U 2024 yil oktyabrʻ oyida Isroil kuchlari tomonidan oʻldirilgan Yahyo Sinvarning ukasi hisoblanadi.
AQSh, Frantsiya va Germaniya elchilari Suriyaning oʻtish davri hukumatini Tojikiston, Oʻzbekiston va boshqa davlatlardan kelgan jihodchilarni mamlakatning rasmiy lavozimlariga tayinlamaslikka chaqirdi. Ularning iddao qilishicha, bunday qarorlar yangi hukumatning xalqaro hamjamiyat bilan munosabatlariga salbiy taʻʻsir koʻrsatishi mumkin.
Rossiya general Xalifa Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasiga zamonaviy qurollar, jumladan S-300 va S-400 mudofaa tizimlarini etkazib bermoqda. Moskva bu orqali nafaqat Gʻarb taʻʻsirini zaiflashtirish, balki mintaqadagi Turkiya, BAA va Misr bilan kuchayib borayotgan raqobatda oʻz pozitsiyasini mustahkamlashni maqsad qilgan.
Iordaniyaning Al-Gʻora hududida Iso Masihning suvga choʻmiltirilishiga bagʻishlangan va Yaqin Sharqdagi eng yirik cherkov ochildi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 2025 yil 13-16 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan BAAda boʻladi.
Suriyaning poytaxti Damashqda joylashgan Umaviylar markaziy masjidida juma namozidan keyin yuz bergan tiqilinchda kamida uch kishi halok boʻldi. Maʻʻlumotga koʻra, halok boʻlganlar orasida bir bola ham bor. Bundan tashqari, koʻpchilik turli xil jarohat olgan.
Moskva viloyatining Ramenskiy tumanida ikki niqobli yigit yoʻl chetidagi “Halol” va “Samarqand” kafelarining oynalarini sindirib, binoga oʻt qoʻygan. Yongʻin natijasida har ikki bino butunlay vayron boʻldi.