Nuriston viloyati politsiya boshligʻi Axtar Muhammad Mazmalning maъlum qilishicha,
Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Kobul shahrida Afgʻoniston mudofaa vaziri Mulla Muhammad Yoqub bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda tomonlar chegaraviy hamkorlik, oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish va boshqa tegishli masalalar yuzasidan fikr almashgan. Shuningdek, Bahodir Qurbonov qoʻshni mamlakat ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy bilan ham uchrashuv oʻtkazgan.
Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiyning taъkidlashicha,
Kobulda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afgʻoniston bosh vaziri Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv davomida savdo, gumanitar hamkorlik va mintaqaviy bogʻliqlikni rivojlantirish, jumladan, “Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston” temiryoʻli boʻyicha hadli bitim masalalari muhokama qilingan.
Afgʻoniston oliy taъlim vaziri Shayx Nida Muhammad Nadim Yaponiya elchisi Takayoshi Kuromaya bilan uchrashdi. Muzokaralarda taъlim va gumanitar yordam sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, elchi Yaponiyaning Afgʻonistonni qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan. Shuningdek u, Islom Amirligining qator sohalardagi yutuqlarini eъtirof etgan.
Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) maъlumotlariga koʻra, faqat iyunь oyining oʻzida 256 mingdan ortiq afgʻon Erondan Afgʻonistonga qaytgan.
Xalqaro jinoiy sud (XJS) Afgʻonistondagi vaziyatni tergov qilish doirasida mamlakat oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda va Afgʻoniston bosh sudьyasi Abdulhakim Haqqoniyni hibsga olishga order berdi. Sudning iddao qilishicha Oxundzoda va Haqqoniy insoniyatga qarshi jinoyatlar, xususan, ayollar huquqlarining jiddiy buzilishida bosh-qosh boʻlgan.
Rossiya Afgʻoniston Islom Amirligini rasman tan olgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi. Rus diplomati Dmitriy Jirnovning aytishicha, Putin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taklifi bilan Afgʻoniston Islom Amirligini tan olishga qaror qilgan. Bu qaror esa "Rossiyaning Afgʻoniston bilan toʻlaqonli sheriklik oʻrnatishga boʻlgan intilishini namoyish etadi".
Afgʻoniston Mudofaa vazirligiga tegishli Abdulloh ibn Masъud nomidagi jangovor tayyorgarlik markazida 199 nafar Afgʻoniston fuqarosi uch oylik kursni muvaffaqiyatli yakunladi. Kurs doirasida tankka qarshi granatalar, minomyotlar, M2 pulemyoti va boshqa zamonaviy qurollardan foydalanish boʻyicha taъlim berilgan. Kurs bitiruvchilari uchun oʻtkazilgan marosimda bugungi tahlikali zamonda dinni, vatanni va qadriyatlarni himoya qilish sharafli burch ekani taъkidlangan.
Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy Istanbulda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bilan uchrashdi. U mamlakatlar oʻrtasidagi chuqur tarixiy aloqalarga eъtibor qaratib, Turkiyani Islomiy Amirlik tashqi siyosatida “alohida va strategik” rolь oʻynaydigan davlat sifatida qayd etdi.