Soʻnggi oʻn yillikda urush va inqirozlar tufayli murakkab vaziyat ichida qolgan Afgʻoniston Islom Amirligi oʻrtacha ish haqida boʻyicha 205 dollarlik koʻrsatkich bilan Tojikiston (169 dollar), Pokiston (163 dollar), qariyb barcha Afrika mamlakatlari va Venesuelani (199 dollar) ham ortda qoldirdi. Oʻzbekiston esa 351 dollarlik koʻrsatkich bilan Markaziy Osiyoda Qozogʻiston va Turkmanistondan (mos ravishda 673 va 654 dollar) keyin uchinchi oʻrinni egalladi.
“Tolibon” hukumati Rossiyaning bir qancha hududlari, jumladan, Tatariston va Checheniston afgʻonistonlik mehnat muhojirlarini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Afgʻon mehnat muhojirlarini asosan qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Tolibon tashqi ishlar vazirligi Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaevning tegishli bayonotini olqishlab, Ostonaning bu qadami Afgʻonistondagi vaziyatni tushunishda muvaffaqiyatga erishganini va ikki tomonlama munosabatlar, xususan, iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yoʻlidagi toʻsiqlari bartaraf etilganini taʻʻkidladi.
The New York Times oʻtkazgan tekshiruvlarda afgʻon generali Abdul Roziq AQSh bergan cheksiz vakolatlardan foydalangan holda minglab mahalliy aholi vakillarini oʻgʻirlagani, qiynagani va sudsiz qatl qilgani maʻʻlum boʻldi. Nashrning yozishicha, u Qandahor viloyati politsiyasiga rahbarlik qilgan davrda “Amerika mahluqi” laqabini olgan.
Oʻzbekiston suv toshqinlaridan jabr koʻrgan Afgʻoniston xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. Yordam tarkibida chodirlar, shuningdek, un, guruch, konserva, makaron, yogʻ va boshqa mahsulotlar bor. Afgʻoniston shimolida may oyi boshida kuchli yomgʻirlar sababli suv toshqinlari yuz berib, yuzlab kishi halok boʻlgandi. Hodisadan eng koʻp Bagʻlon viloyati zarar koʻrgan.
Oʻzbekiston Afgʻonistondan 1 mln tonnadan ortiq koʻmir import qilish, shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash, Transafgʻon temiryoʻli loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish loyihalarini amalga oshirish niyatida, deb xabar berdi Afgʻoniston TIV.
Rossiyaning qator shirkatlari Afgʻonistondagi Qoʻshtepa kanali yonidan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun erlarni uzoq muddatga ijaraga olmoqda. Shuningdek, Rossiya Afgʻonistonda ish oʻrinlari yaratish va mamlakatni rivojlantirish loyihalariga sarmoyalar kiritishni boshladi.
Tinimsiz yogʻingarchilik tufayli Afgʻonistonning Bagʻlon viloyatida suv toshqinlari yuzaga keldi. Sel uylarni vayron qilgan, 200 ga yaqin odam halok boʻlgan va bedarak yoʻqolgan.
Soʻnggi 2 yil ichida Afgʻonistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 10 barobar oshdi. Jumladan, 2021 yilda ushbu mamlakatga 691 nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan boʻlsa, 2022 yilda bu koʻrsatkich 2 ming kishidan oshdi. Oʻtgan yili esa 7 mingga yaqin xorijlik tashrif buyurdi. Biroq turizmni rivojlantirish hali ham bir qator toʻsiqlarga duch kelmoqda. “Tolibon” ushbu toʻsiqlarni bartaraf etishga vaʻʻda berdi.
“Tolibon” 4-5 may kunlari Gambiya poytaxti Banjulda boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkiloti davlat va hukumat rahbarlarining 15-sammitida ishtirok etish istagini bildirdi. Afgʻoniston Muvaffaq hukumati rahbari oʻrinbosari Abdul Salom Hanafiy Kobulda IHT maxsus vakili bilan uchrashuvda islom olamida azob-uqubatlar keng tarqalgani, musulmon davlatlari muammolarni hal qilish uchun hamkorlik qilishi kerakligini aytdi.