AQSh prezidenti Donalьd Tramp Din ishlari boʻyicha yangi idora tashkil etish haqidagi farmonni imzoladi. Unga mashhur televangelist Paula Uayt rahbar etib tayinlandi. Uayt Isroilni ochiqdan-ochiq qoʻllab-quvvatlashi bilan tanilgan boʻlib, oʻz vaъzlarida Isroilni “Xudoning tanlangan xalqi” deb atagan. Shuningdek, u Quddusdagi Al-Aqso masjidi oʻrnida “Uchinchi ibodatxona” qurilishini yoqlab keladi.