Ozarbayjon hukumati maktab darsliklariga isroil ishgʻolini ijobiy talqin qilgan birinchi musulmon davlati boʻldi. Oʻquv adabiyotlaridan bosib olingan Falastin xaritalari va Yosir Arofat haqidagi maъlumotlar olib tashlandi. Shuningdek, Falastin qarshilik harakatlari "terrorchilar" sifatida talqin qilindi.
Isroil politsiyasi bosib olingan Sharqiy Quddusdagi eng yirik Falastin kitob doʻkoni – "Maъrifiy"ga reyd uyushtirib, uning egalarini hibsga oldi va yuzlab kitoblarni musodara qildi.
Ushbu qaror Isroil va HAMAS oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi doirasida qabul qilingan. Kelishuvga muvofiq, Falastinni tark etishi shart boʻlgan mahbuslar Turkiyaga joʻnatiladi.
HAMAS harakati Gʻazo sektorida uchinchi guruh isroillik harbiy asirlarni ozod qildi. Tel-Aviv bilan almashish kelishuvi doirasida ozod etilganlar orasida ikki ayol va bir nafar erkak bor.
AQSh prezidenti Donalʻd Tramp 29 yanvarʻ kuni "Antisemitizmga qarshi kurash" toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Isroil hukumati Baytlahm sharqida joylashgan al-Numon qishlogʻida barcha uyni buzishni rejalashtirmoqda.
Falastin Gilan Vahba Abdalmajidni Irlandiyadagi birinchi elchisi etib tayinladi. Ilgari u Falastinning Irlandiyadagi missiyasiga rahbarlik qilgan.
Netflix platformasi Falastin hayotiga bagʻishlangan filʻmlar boʻlimidagi 30 dan ziyod asarni oʻchirib yubordi. Oʻqirilganlar orasida May Masrining qochqinlar lageridagi hayot tasvirlangan "Shatilaning bolalari" va Basil Xalilning isroillik koʻchmanchi oilaga yordam berayotgan falastinlik rohibalar haqidagi "Ave Mariya" satirik qisqa metrajli filʻmi mavjud.
Ashaddiy sionist milliarder boshchiligidagi "Tinchlik uchun faktlar" harakati HAMASni nafaqat Isroil, balki AQShning ham dushmani sifatida koʻrsatishga qaratilgan fitnani avj oldirish uchun millionlab dollar toʻplamoqda. Kampaniya doirasida birgina Facebook va Instagram’dagi Falastinga qarshi yolgʻon axborotlarni reklama qilishga 370 ming dollardan ziyod pul sarflangan.
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxan Falastin davlatini yaratish va ikki davlat echimini amalga oshirish uchun xalqaro koalitsiya tuzilganini eʻʻlon qilib, birinchi uchrashuv Ar-Riyodda boʻlib oʻtishini bildirdi. U Falastin davlatini yaratish koalitsiyasi Evropa hamkorligi va arab davlatlarining saʻʻy-harakatlari samarasi ekanini taʻʻkidladi.