Falastinliklarga boʻlayotgan zulm bir necha yuz yillardan beri hech bir jamiyatga nisbatan qoʻllanmagan. Falastin Sogʻliqni Saqlash Vazirligining psixiatriya boʻlimi boshligʻi Doktor Samah, oʻzining bergan intervʻyusida aytishicha: Zulm ostidagi Falastinga berilayotgan psixologik zarbalar bir necha darajaga ajraladi. Birinchisi, jismoniy zarar berish, hibsga olish va qiynoqqa solish bilan yakun topayotgan zarbalar. Keyingilari, Gʻazo sektorida sionistlar va musulmonlar oʻrtasidagi janglar yoki falastinlik jurnalist Shirin Abu Oqilaning oʻldirilishi kabi jamiyatda qoʻrquv hissini yuzaga keltiradigan jamoaviy zarbalar”.
Falastinning HAMAS harakati va Fath partiyasi vakillari Pekinda oʻn yilliklar davom etgan ziddiyatlarga barham berish va Falastin birligini mustahkamlash boʻyicha kelishuvni imzoladi. 21 iyulʻ kuni Falastin guruhlari oʻrtasida boshlangan muzokaralarda HAMAS va Fathdan tashqari, yana 12 ta Falastin harakati vakillari ishtirok etdi.
Келгуси ҳафтада Пекинда Фаластиннинг асосий ҳаракатлари - ҲАМАС ва Фатҳ вакилларининг музокаралари бўлиб ўтиши кутилмоқда. Бир қатор учрашувлар икки ҳаракат ўртасидаги келишмовчиликни бартараф этишга ёрдам бериши айтилди. Кузатувчилар шу вақтга қадар бўлиб ўтган музокараларда муваффақиятга эришилмаганини Ғарбий Соҳилни назорат қилаётган Фатҳ ҳаракатига АҚШнинг босими мавжудлиги билан изоҳламоқда.
Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi Fahriddin Altun ilgari buni istamagan baʻʻzi davlatlar bugun Falastinni tan olishsa, bunda Turkiyaning diplomatik tashabbuslari bilan bir qatorda qirgʻin va zulm sharoitida oʻz kasbini ado etayotgan muxbir va jurnalistlarning ham ulkan hissasi borligini taʻʻkidladi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 253 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Hizbullohning ommaviy va uzluksiz hujumlaridan soʻng, Isroil bosqinchi kuchlari Falastin shimolidagi nazoratini yoʻqotdi. Maʻʻlum boʻlishicha, bir necha soat ichida Hizbulloh sionistlarga qarata 200 ta raketa uchirgan. Turli yoʻnalishlardan hujumga oʻtgan qarshilik harakati Temir gumbaz tizimini yorib oʻtishga muvaffaq boʻlgan. Isroil askarlari ularning "maxsus oʻqitilgan itlari porox hidini sezmayotgani, binolarga yoki tunnelga kirishganida, portlash oqibatida itdek oʻlib ketayotgani"dan nolimoqda.
Shavkat Mirziyoev Rejep Tayyib Erdoʻgʻan bilan uchrashuvda Gʻarb davlatlarining Falastinga nisbatan munosabatlarini tanqid qildi.
Sloveniya parlamenti Falastin davlatini tan oldi, qaror ortidan parlament binosi qarshisida ushbu davlat bayrogʻi koʻtarildi. Sloveniya tashqi ishlar vaziri Tanya Fajon tarixiy kunni boshdan kechirayotganlari, Sloveniya Falastinni davlat sifatida rasman tan olgan 147-davlat boʻlganini qayd etdi.
Shveytsariya Milliy kengashi deputatlari Falastinni davlat sifatida tan olish taklifiga qarshi ovoz berdi. Matnda "Milliy kengash Falastinni tan olishni istamasligi va shuning uchun seshanba kuni tsyurixlik Sotsial-demokratik partiya (SDP) aʻʻzosi Fabian Molina tomonidan ovozga qoʻyilgan tegishli tashabbusni rad etgani" aytiladi.