Haj-2025
- 01
Uzbekistan Airways 13–28 may kunlari davomida “Haj-2025” dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga qoʻshimcha charter yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshiradi. Ziyoratchilar Toshkent, Samarqand, Namangan, Qarshi, Termiz, Navoiy, Urganch va Nukus shaharlaridan Madinaga etkaziladi. Ushbu bosqichda 6 267 nafar ziyoratchi haj safarini amalga oshirishi koʻzda tutilgan.