Uzbekistan Airways 13–28 may kunlari davomida “Haj-2025” dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga charter yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, ziyoratchilar Toshkent, Samarqand, Namangan, Qarshi, Termiz, Navoiy, Urganch va Nukus shaharlaridagi xalqaro aeroportlardan Madina shahriga etkaziladi. Ushbu bosqichda 6 267 nafar ziyoratchi haj safarini amalga oshirishi koʻzda tutilgan.

Ortga, yaъni Jidda shahridan Oʻzbekistonning turli shaharlariga qaytish reyslari esa 12–29 iyunь kunlari amalga oshiriladi. Bu bosqichda 15 150 nafar ziyoratchining mamlakatga qaytishi rejalashtirilgan.

Uzbekistan Airways ziyoratchilarning xavfsiz, qulay va samarali tashuvini taъminlash maqsadida barcha zarur choralarni koʻrmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Haj tadbirlarini tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik ishlari ayni paytda ham jadal davom etayotganini maъlum qilgan edi. Qayd etilishicha, barcha ziyoratchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan, emlash ishlari olib borilgan, guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirilgan, safar oldidan amaliy mashgʻulotlar tashkil etilgan va barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mavzuga aloqador