hizbulloh
-
“Hizbulloh” guruhi rahbari Naim Qosim isroil qoʻshinlari 18 fevralgacha Livan hududidan toʻliq chiqib ketishi kerakligini aytdi.
-
Isroil matbuoti "Hizbulloh" va Isroil armiyasi oʻrtasidagi ikki oylik urush davomida Livan va Isroil koʻrgan zararning qiyosiy tahlilini chop etdi.
-
Livanning “Hizbulloh” harakati Isroil tomonidan oʻldirilgan sobiq etakchisi Hasan Nasrulloh oʻrniga Naim Qosim bosh kotib etib saylanganini maʻʻlum qildi. U harakatni Eron poytaxti Tehrondan turib boshqaradi.
-
Livan janubida soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan toʻqnashuvlarda kamida 25 ta isroillik askar yaralandi. Shuningdek, bir qancha qurbonlar bor, jumladan, “Hizbulloh” bilan toʻqnashuv natijasida Isroil armiyasining zaxiradagi mayori, 228-“Alon” brigadasining 9308-batalʻoni qoʻmondoni oʻrinbosari Aviram Xarib hamda 7338-“Adirim” artilleriya polkidan 27 yoshli Saʻʻar Eliad Navarski oʻlgan.
-
Livandagi Hizbulloh harakati Hasan Nasrulloh oʻlimidan soʻng harakat ijroiya kengashi raisi Hoshim Safiyiddinning bosh kotib lavozimiga tayinlanganini rad etdi. Harakat Hizbulloh rahbariyatining rasmiy bayonotiga qadar bunday xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.
-
Livandagi Hizbulloh guruhining Shoʻro kengashi (asosiy boshqaruv organi) Hoshim Safi ad-Dinni tashkilotning yangi bosh kotibi etib sayladi. Safi ad-Din harakat sobiq etakchisi Hasan Nasrullohning amakivachchasi va Eronning Quds kuchlari sobiq qoʻmondoni Qosim Sulaymoniyning kuyovi hisoblanadi.
-
Xabarda aytilishicha, Hizbulloh harakati bosh kotibi Hasan Nasrulloh bir kun avval Isroil armiyasining Bayrutning janubiy hududlarida uyushtirgan havo hujumlari natijasida halok boʻlgan.
-
Isroil armiyasi oʻta aniq razvedka maʻʻlumotlari asosida Hizbullohning Livan poytaxti Beyrut shahrining Dahiya tumanidagi er ostida joylashgan harakat bosh qarorgohiga berilgan aviazarba natijasida Hasan Nasrulloh oʻldirilganini maʻʻlum qildi. Hizbulloh manbalari uning halok boʻlmagani, biroq yaralanganini bildirdi.
-
HAMAS etakchisi Ismoil Haniyaning Tehronda oʻldirilishi, Livanda Hizbullohning koʻplab yuqori martabali qoʻmondonlariga suiqasdlar ortidan “qisqa muddatda shiddatli qasos olish”ga vaʻʻda bergan Eron soʻnggi vaqtlarda bayonotlari ohangini yumshatdi, hatto Nʻyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etgan mamlakat prezidenti Masud Pezeshkian amerikalik jurnalistlarga Eron Isroilga kuch ishlatmasligi mumkinligiga ishora qildi.
-
Livanda 34 kishining oʻlimiga va 3500 ga yaqin kishining jarohatlanishiga sabab boʻlgan peyjerlar va ratsiyalarning portlashi Hizbulloh saflarida katta xavfsizlik muammolari mavjudligini ochib berdi. Harakat ichiga portlovchi modda va mayda metall sharchalar joylashtirilgan qurilmalarni bilvosita MOSSADga tegishli kompaniyadan sotib olgan.





















