Putinning maъlum qilishicha, ruslar otgan ikki raketa laynerga toʻgʻridan-toʻgʻri tegmagan, balki undan bir necha metr uzoqlikda portlagan. Ozar samolyotiga raketalarning parchalari zarar etkazgan boʻlishi mumkin. Shuningdek, Rossiya rahbari oʻsha vaqtda paydo boʻlgan Ukraina droni ham aviahalokat aybdori ekani haqidagi taxminni ilgari surdi.
Tender kotirovka shaklida oʻtkazilib, unda milliy va xalqaro kompaniyalar ishtirok etishi mumkin. Hujjatlarni topshirish uchun soʻnggi muddat – 2025 yil 22 sentyabrь.
RF tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, Ozarbayjon havo yoʻllariga tegishli samolyot uchun sugʻurta kompaniyasi 1 milliard 3 million rublь miqdorida toʻlovni amalga oshirgan. Shuningdek, halokatda jabrlangan va hayotdan koʻz yumgan yoʻlovchilarning yaqinlariga 358,4 million rublь (qariyb 4,4 million dollar) miqdorda pul berilgan.
“Biz har qanday vaqtda urushga tayyor turishimiz lozim, chunki dunyodagi jarayonlarning kechishi shunday tezki, ertaga nima boʻlishini oldindan aytib boʻlmaydi”, degan Ozarbayjon prezidenti.
Ozarbayjonda Oʻzbekiston prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan shaxs ushlandi. Qayd etilishicha, A.Yusupov Oʻzbekiston prezidenti shaъni va qadr-qimmatini haqorat qilish jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan. Joriy yilning aprelь oyida Ozarbayjonda shaxsi aniqlanib, hibsga olingan va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
2025 yil 1 avgustdan boshlab Ozarbayjon gazi Suriyaga etkazib beriladi.
Istanbuldagi IDEF2025 koʻrgazmasi paytida imzolangan kelishuv ikki davlat oʻrtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Unga koʻra, Ozarbayjon Turkiyaning Baykar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qiladi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning ukrain xalqini "hech qachon okkupatsiyaga rozi boʻlmaslik", "taslim boʻlmaslik" va "hududiy yaxlitlik buzilishiga yoʻl qoʻymaslik" haqidagi chaqiruvi Rossiyada jiddiy muhokamalarni keltirib chiqardi.
"Oʻzbek birodarlarimizning qoʻllovi biz uchun juda muhim. Qorabogʻni tiklash yoʻlidagi ilk sovgʻani Oʻzbekiston bergan. Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Fuzuliyda 960 oʻquvchiga moslashgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi maktab ochgandik", degan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Xonkendida oʻtkazilgan mediaforumda.
Ash-Sharъning ushbu tashrifi mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda turli sohalarda hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.