Rossiya va Ozarbayjonning davlatlararo munosabatlaridagi muammolari SSSR tarqalishi davrida boshlangan. Qorabogʻ mojarosining dastlabki yillarida Ozarbayjon jamiyati Rossiyaga nisbatan ancha moyil edi. Biroq 1990 yilning yanvarida Sovet qoʻshinlarining Bokuga kiritilishi Ozarbayjonda Rossiyaga boʻlgan munosabatga salbiy taъsir koʻrsatdi. Aynan 1990 yil 20 yanvarda Moskva aslida Ozarbayjonni yoʻqotdi.
Bugun ikki mamlakat etakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishini oʻtkazadi, “Oʻzbekiston” bogʻiga tamal toshi qoʻyadi va Oʻzbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib beradi. Ertaga, 3 iyulь kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Ilhom Aliev muloqotni Ozarbayjonning Qorabogʻ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qoʻshma tikuvchilik fabrikasi va Agʻdam shahridagi “Imorat” tarixiy-meъmoriy majmuasi bilan tanishadi.
Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan 2-4 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Tashrif davomida Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Joriy yilning sentyabrь oyida Ozarbayjonning Boku shahrida “Cheksiz birodarlik – IV” nomli koʻp millatli harbiy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Unda Ozarbayjon, Turkiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Pokistonning maxsus kuchlari ishtirok etadi. Mashgʻulotlar ishtirokchi davlatlarning qoʻshma operativ salohiyatini oshirishga hamda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Ozarbayjonlik deputat Gudrat Hasanguliev Naxchivon shahridagi Ashobi Kahf gʻori hududida Makkadagi Kaъbaning aynan nusxasini yaratish tashabbusi bilan chiqdi.
Yangi shartnomada tomonlarning bir-birlariga qarshi qaratilgan hech qanday bloklar yoki ittifoqlarda qatnashmasligi hamda tomonlardan birining fikri boʻyicha ikki davlatning strategik sherikligi va ittifoqchilik munosabatlariga zarar etkazadigan har qanday harakatlarda ishtirok etishdan saqlanish kabi majburiyatlari belgilangan
isroilda 30 aprel kuni boshlangan oʻrmon yongʻinlari tufayli tahdidning eng yuqori darajasi eъlon qilindi.
“Russia Today” media guruhining Ozarbayjondagi vakolatxonasi (Sputnik Ozarbayjon) oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Ozarbayjon TIV vakili Oyxon Hojizodaning aytishicha, rus kompaniyasi Ozarbayjonda faqat bitta muxbir uchun akkreditatsiya olishi mumkin. Oʻrusiya Tashqi ishlar vazirligi hozircha bunga izoh bermagan.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning amaldagi konstitutsiyasini oʻzgartirish boʻyicha umumxalq referendumini oʻtkazishga chaqirdi. Reuters agentligining yozishicha, bu Armanistonning azaliy raqibi boʻlmish Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini tuzishga yordam berishi mumkin.
Ozarbayjon hukumati maktab darsliklariga isroil ishgʻolini ijobiy talqin qilgan birinchi musulmon davlati boʻldi. Oʻquv adabiyotlaridan bosib olingan Falastin xaritalari va Yosir Arofat haqidagi maъlumotlar olib tashlandi. Shuningdek, Falastin qarshilik harakatlari "terrorchilar" sifatida talqin qilindi.