Oʻzbekistonda 2025 yil yanvarь iyunь oylarida 405,5 ming chaqaloq tugʻildi. Shundan 209,6 ming nafari oʻgʻil (51,7 foiz), 195,9 ming nafari (48,3 foiz) qiz bolalar. Shahar joylarida 197,8 ming, qishloqlarda 207,7 ming chaqaloq dunyoga kelgan. Joriy tugʻilishlar soni 2024 yil mos davriga nisbatan 14,4 ming nafarga, 2023 yil I yarmiga qaraganda 29,1 ming nafarga kamaygan.