Qozogʻiston sinov loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston bilan yuk tashishni soddalashtirmoqchi. Unga koʻra, 1 apreldan bir qancha nazorat-oʻtkazish punktlarida “uchinchi mamlakatlarga/uchinchi davlatlarga” turidagi ruxsatnomalar elektron shaklda beriladi.
Turkmanobod shahrida Oʻzbekiston-Turkmaniston qoʻshma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 1650 kilometrlik umumiy chegarani demarkatsiya qilish boʻyicha muzokaralar davom ettirildi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni qabul qildi. Suhbat chogʻida, jumladan, suv xoʻjaligi sohasida hamkorlik va Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʻʻminlash masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston Bishkek IESdagi avariya boʻyicha Qirgʻizistonga yordam berishini maʻʻlum qildi. Jumladan, Oʻzbekiston Oʻshga suyultirilgan gaz ballonlarini etkazib berdi.
Qozogʻistonda Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiy kontingentlari ishtirokida «Birlestik» oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazadi.
Mintaqada toʻsatdan paydo boʻlgan bozorni Oʻzbekiston birinchilar boʻlib toʻgʻri baholadi va bu imkoniyatni qoʻldan chiqarmadi.
2 mlrd dollar evaziga qurilgan ushbu "yashil" elektr stantsiyalari 2 mln xonadonga uzluksiz elektr tokini etkazib berishga qodir.
RF partiya rahbarlarining bunday oʻylamay bildirayotgan munosabatlari Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhiga mos kelmasligi maʻʻlum qilindi.