Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmard Toʻqaev xalqqa murojaatida mamlakat parlamenti isloh qilinishini maъlum qildi.
Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu, biznesmen Gadji Gadjiev va Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (MXQ)ning bir nechta yuqori lavozimli xodimlari hibsga olindi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqaev davlat lavozimlariga tayinlovlar meritokratiya (shaxsning qobiliyati, bilimi va yutuqlariga qarab mavqe berish) tizimiga asoslanishini maъlum qildi.
Qozogʻiston Majlisi deputati (quyi palata) Odil Janbirshin mamlakatda LGBTni targʻib qilganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni taklif qildi.
Qozogʻiston rahbari Qosim-Joʻmart Toʻqaevning Turkiyaga tashrifi rus OAVlarida gʻazab bilan muhokama qilindi. Rossiya propagandasi Toʻqaevni "siyosiy muvozanatni saqlash ustasi" deb atamoqda.
Qozogʻistonning Uralsk shahrida qimor oʻyinlarida qatnashgani uchun 24 nafar amaldor intizomiy jazoga tortilgan, ulardan 16 nafari lavozimidan ozod etilgan. Prokuraturaning maъlum qilishicha, gap shahar hokimligi, moliya boshqarmasi va militsiya xodimlari haqida ketmoqda. Ular bukmekerlar orqali, jumladan, taqiqdan keyin ham qimorga pul tikishgan.
Oʻtgan yili Qozogʻiston aholisi folbinlar va astrologlar xizmatiga deyarli 3 milliard tenge (5,7 mln dollar) sarflagan.
Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqaev Qozogʻiston Amerika Qoʻshma Shtatlarining uzoq yillik savdo va sarmoyaviy hamkori sifatida adolatli hamda oʻzaro manfaatli savdo aloqalarini rivojlantirish tarafdori ekanini taъkidlagan.
Qozogʻiston turizm va sport vazirligining yangi buyrugʻiga koʻra, sportchilar, murabbiylar va sport hakamlariga soʻkinish hamda oʻz diniy eъtiqodini namoyish etish taqiqlandi. Shuningdek, ular mashgʻulotlar haqidagi maъlumotlarni oshkor qilish yoki ommaviy joylarda spirtli ichimliklar isteъmolidan tiyilishi kerak.
Qozogʻiston parlamentining har ikki palatasi jamoat joylarida yuzni yopadigan kiyim-kechaklarni kiyishni taqiqlovchi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi. Ushbu hujjat prezidentning imzosi uchun yuborilgan.