Qozogʻiston milliy atom kompaniyasi – "Kazatomprom" Rossiyaning "Rosatom" kompaniyasi bilan sheriklikda foydalanayotgan yirik uran konlaridan biri – "Budyonovskoe" ustidagi nazoratni rasman oʻziga qaytarib oldi.
Qozogʻiston mamlakatdagi ikkinchi atom elektr stantsiyasini quradigan konsortsium rahbari sifatida Xitoy Milliy Yadro Korporatsiyasini (CNNC) tanlagan.
Joriy yilning sentyabrь oyida Ozarbayjonning Boku shahrida “Cheksiz birodarlik – IV” nomli koʻp millatli harbiy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Unda Ozarbayjon, Turkiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Pokistonning maxsus kuchlari ishtirok etadi. Mashgʻulotlar ishtirokchi davlatlarning qoʻshma operativ salohiyatini oshirishga hamda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Qozogʻiston Senati fuqarolarning diniy erkinligiga bevosita taъsir qiluvchi qonun loyihasini koʻrib chiqmoqda. Unga koʻra, jamoat joylarida yuzni toʻliq yopuvchi kiyimlar, jumladan, ayollarning yuziga niqob taqishi taqiqlanishi mumkin.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev amaldagi etti yillik prezidentlik muddati tugagach, 2029 yili prezident lavozimini tark etishini maъlum qildi. Uning taъkidlashicha, har qanday davlat prezidenti Xudoning erdagi soyasi emas, balki oddiy xalq xizmatkoridir.
Prezident Qosim-Jomart Toʻqaev Al Jazeera'ga bergan intervьyusida Qozogʻistonning mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlik kafolatchisi ekanini maъlum qildi. Unga koʻra, Qozogʻiston tashqi siyosatini tubdan oʻzgartirmoqchi emas, balki uning asosiy maqsadi – yirik davlatlar va qoʻshnilar bilan muvozanatni saqlash, shu bilan birga milliy manfaatlarni ham himoya qilishdir.
Tehronda Xitoy, Eron, Turkiya, Qozogʻiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston vakillari temir yoʻl orqali yuk tashish tariflarini muvofiqlashtirish boʻyicha kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuv Xitoydan Evropagacha boʻlgan yuk oqimini Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq orqali oshirishga qaratilgan transport koridorini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Soʻnggi uch yil ichida mamlakatda turmush qurishga majburlanganlardan 214 ta shikoyat kelib tushgan. Ulardan faqat 10 tasi sudgacha etib borgan. Yuzlab jinoiy ishlar shunchaki yopilib ketgan.
Qozogʻistonlik senator Amangeldi Tolamisov
Inder tumani Qurilis qishlogʻida 5 yil muqaddam spirtli ichimliklardan voz kechish jarayoni boshlangan. Natijada bir yil davomida qishloqda birorta ham jinoyat qayd etilmagan. Bu boshqa qishloqlarga ham ijobiy taъsir qilib, Atirau viloyatida ichkilikni tashlagan qishloqlar soni 54 taga etgan.