Oldinroq, AQSh 40 nafar uygʻurni Xitoyga deportatsiya qilgani uchun Tailand amaldorlariga sanktsiya joriy qilgandi.


Shunga qaramay, Tailand Mudofaa vaziri Fumtam Vechayachay uygʻurlar Xitoyga topshirilgani ortidan xavfsizlik xodimlarining AQShdan viza ololmagani haqidagi mish-mishlarni inkor etdi.


Unga koʻra, mamlakat delegatsiyasida xavfsizlik xizmati vakillari yoʻq edi va ular Pekin bilan muzokaralarda ishtirok etmagan.


Gap shundaki, Xitoyda mislsiz azob-uqubatga duchor boʻlayotgan musulmonlarning ortiga qaytarilishi xalqaro norozilikka sabab boʻlgandi. 


Buning ortidan Tailand va AQSh oʻrtasida 23 aprelь kuni Vashingtonda boshlanishi kerak boʻlgan savdo muzokaralari nomaъlum muddatga qoldirildi. 


Bosh vazir Paetongtarn Shinavatra muzokaralar oldidan AQSh koʻtargan "muammolar"ni hal qilish zarurligini taъkidladi.

Mavzuga aloqador