isroil* Bosh vaziri Binyamin Netanyahu rahbarligidagi xavfsizlik kabineti Gʻazo sektorida harbiy hujumlarni bosqichma-bosqich kengaytirish rejalarini tasdiqladi. Bu haqda “Kan” davlat teleradiokompaniyasi xabar berdi.


Yakshanba kuni isroil armiyasi bosh qoʻmondoni general-leytenant Eyalь Zamir bergan bayonotga koʻra, harbiylar Gʻazodagi operatsiyalarni kengaytirish maqsadida oʻn minglab zaxira askarlarni safarbar etish boʻyicha buyruqlarni allaqachon bera boshlagan.


Shuningdek, hukumat rasmiysining soʻzlariga koʻra, xavfsizlik kabineti Gʻazoga gumanitar yordam etkazib berishni qayta tiklash rejasini ham tasdiqlagan. 


Yangi mexanizm asosida yordam faqat moʻljallangan fuqarolarga etib borishini taъminlash koʻzda tutilgan, deyiladi xabar matnida.

Mavzuga aloqador