Tailand shu yilning fevralida Myanma chegarasidagi firibgarlik call-markazlaridan ozod etilgan 7224 nafar chet el fuqarosini vataniga qaytardi. Operatsiya Tailand, Xitoy va Myanma huquq-tartibot organlari hamkorligida amalga oshirildi.


Tailand TIV axborot departamenti rahbari Nikondet Pxalangkunga koʻra, umumiy hisobda 9951 kishi ozod etilgan boʻlib, ularning 5,4 mingdan ortigʻi Xitoy fuqarolaridir. 


Shuningdek, 653 nafar Indoneziya, 581 nafar Hindiston fuqarolari ham oʻz oilalari bagʻriga qaytarilgan. Ozod etilganlar 30 dan ortiq davlat fuqarolarini oʻz ichiga oladi.


Ayni paytda 1700 dan koʻproq shaxs Myanmada qolmoqda va tez orada Tailand orqali vataniga yuboriladi.


Qirollik maъlumotlariga koʻra, 2022–2024 yillarda 500 mingdan ortiq tailandlik internet firibgarligi qurboniga aylangan, umumiy zarar esa, 1,8 milliard dollarni tashkil etgan.

Mavzuga aloqador