Xitoy uygʻurlar boʻyicha tanqidlarni “hujjatli filьm”lar orqali rad etishga urinmoqda
Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonda uygʻurlar bilan bogʻliq inson huquqlari buzilishi, xususan majburiy mehnat va genotsid ayblovlariga nisbatan xalqaro bosim kuchayayotgan bir paytda, madaniy propagandani yana bir bor vosita sifatida ishlatmoqda.
“Tengri Tag” axborot agentligining xabar berishicha, 7 may kuni Xitoy va Sharqiy Turkistonda bir vaqtda premьerasi boʻlib oʻtadigan “Er ustidagi bulutlar” nomli soxta hujjatli filьm aynan shu maqsadda tayyorlangan.
Filьm Xitoy Markaziy televideniesi tomonidan suratga olingan.
Qayd etilishicha, filьm avvalroq Avat tumanida — Xitoydagi paxtachilik markazlaridan biri hisoblangan hududda sinov tariqasida namoyish etilgan.
Filьm syujetida uygʻur va xitoy oilalari hosil yigʻimi jarayonidagi qiyinchiliklarni birgalikda engib oʻtayotgani tasvirlanadi. Rasmiylar bu orqali “xalqlar doʻstligi” gʻoyasini ilgari surmoqchi.
Xalqaro huquq tashkilotlari bu kabi madaniy mahsulotlarni Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgan majburiy mehnat, diniy va madaniy tazyiqlar hamda uygʻur xalqiga qarshi amalga oshirilayotgan genotsid siyosatini yashirish, deya baholamoqda.













