"Bolalarni himoya qilish" (Save the Children) tashkilotining maʻʻlum qilishicha, 10 yoshdan kichikroq boʻlgan taxminan 130 ming bola 50 kundan beri Gʻazoning shimoliy hududlarida oziq-ovqat va tibbiy yordam taʻʻminotisiz qamalda qolib kelishmoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 456 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Senegal prezidenti Bassiru Diomay Fay yangi yil murojaatida muhim bayonot bilan chiqdi. Uning soʻzlariga koʻra, 2025 yildan boshlab mamlakatdagi barcha xorijiy harbiylar chiqarib yuboriladi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok va Frantsiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noelʻ Barro Evropa Ittifoqi nomidan Suriyaga rasmiy tashrif buyurdi. Ular mamlakatning yangi rahbari Ahmad ash-Sharʻʻ hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Isroil parlamenti (Knesset) mamlakatning xalqaro miqyosdagi tasvirini yaxshilash maqsadida targʻibot byudjetiga qoʻshimcha 150 million dollar ajratish haqida qaror qabul qildi.
Pokiston va Afgʻonistondagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. 24 dekabrʻ kuni Pokistonning Afgʻoniston sharqida amalga oshirgan havo hujumlari kamida 46 kishining hayotiga zomin boʻldi. Pokiston hukumati bu hujumlar “Tahrik-i Tolibon Pokiston” (TTP) jangarilari yashiringan terroristik boshpanalarga qaratilganini bildirdi. Biroq Afgʻoniston hukumati qurbonlar koʻpchiligini ayollar va bolalar tashkil etganini maʻʻlum qildi.
Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin tijorat obʻʻektlari, turar-joy majmualari va mahallalar nomlarida xorijiy soʻzlardan foydalanishni taqiqlash tashabbusini ilgari surdi. Uning taʻʻkidlashicha, bunday chora-tadbirlar rus tilini qoʻllab-quvvatlash va milliy oʻzlikni mustahkamlashga qaratilgan.
2010 yillarda Suriya va Livandagi mojarolar haqidagi xabarlar vaqti-vaqti bilan gazetalarda paydo boʻldi, ammo Yamandagi inqiroz unutib qoʻyildi. Afsuski, bu yil Gʻazo, Ukraina va Livandagi mojarolar tufayli Sudan eʻʻtibor roʻyxatidan pastga tushib ketdi. Kelgusi yilda butun dunyodagi hukumatlar va axborot agentliklari Sudandagi voqealarga eʻʻtibor qaratishlari va sudanliklarning hikoyalariga munosib eʻʻtibor berishning yangi usullarini oʻylashlari kerak. Britaniya Islomiy yordam tashkiloti direktori Tufail Husayn maqolasidan.
2025 yilning birinchi kunida Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasida yangi diniy taʻʻlim muassasalarining qurilishiga start berildi.
Misrning Rasd TV telekanali oʻtkazgan soʻrovnomaga koʻra, HAMAS harakatining sobiq rahbari Yahyo Sinvar "Yil odami" deb topildi. Sinvarning hayoti va jasorati, Falastinni ozod qilish yoʻlidagi qatʻʻiy harakatlari uni arab dunyosida qarshilik va birlik ramziga aylantirdi. Sinvar oʻlimidan oldin yozgan soʻnggi satrlarida shunday degan: “Vaqt etdi: Ey onam, men tushimda koʻrdim. Jannat bogʻlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qarshisida turardim. Ular: "Ofarin! Qoyil!” dedilar".