2025 yildan Oʻzbekistonda xorijiy yuk tashuvchilari uchun yangi tariflar amalga kiritiladi. Turkmaniston yuk mashinalari uchun yigʻimlar oshirilgan boʻlsa, Eron transport vositalari uchun toʻlovlar bekor qilindi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish uchun Seuldagi qarorgohiga kirishga uringan tergovchilar qoʻriqlash xizmati va harbiylar qarshiligiga duch keldi. Sud orderi boʻlishiga qaramay, hibs jarayoni amalga oshirilmadi.
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil Gʻazo sektori, Livan va Gʻarbiy Sohilda 400 dan ziyod harbiysini yoʻqotgani maʻʻlum qilindi. Bundan tashqari, 2024 yilda 28 isroillik askar oʻz joniga qasd qilgan.
Rossiyada migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirish choralari doirasida politsiya xodimlariga deportatsiya rejimi ostidagi xorijliklar yashaydigan uylar va boshqa binolarga ruxsatsiz kirish huquqi beriladi. Yangi tartib 5 martdan kuchga kiradi.
AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp Grenlandiya ustidan nazorat oʻrnatish zarurligini iqlim oʻzgarishi va geosiyosiy kurashning kuchayishi sharoitida orolning strategik ahamiyati bilan izohladi.