Tashqi gʻoliblar va magʻlublar kim ekanligidan qatʻʻi nazar, Turkiya yirik gʻoliblardan biri sifatida koʻrilmoqda.
Evropada islomofobiya individual holatlardan chiqib, ijtimoiy muammoga aylanib bormoqda. Turkiya-Germaniya universiteti dotsenti, “Islomofobiya boʻyicha Evropa hisoboti” muharriri Enes Bayraklining soʻzlariga koʻra, ilgari mahalliy darajada qoʻllanilgan hijobga nisbatan taqiqlar hozirda koʻplab Evropa davlatlarida milliy darajada joriy etilmoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 448 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Prezident Shavkat Mirziyoev Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston yangi magistral temir yoʻli qurilishi boshlanishini amalga oshirish marosimida ishtirokchilarga murojaat qildi. Murojaatda Prezident bu loyiha mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va Markaziy Osiyoning transport infratuzilmasiga katta hissa qoʻshishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʻʻkidladi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Oʻzbekiston rahbariyatini Gʻarb ommaviy axborot vositalari koʻmagidagi “uygʻonish qoʻngʻirogʻi” haqida ogohlantirdi. Qodirovning soʻzlariga koʻra, ushbu axborot hujumlari Oʻzbekiston prezidenti doirasidagi siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan.
Ozarbayjon havo yoʻllari (AZAL) kuzatuv kengashi Aqtau yaqinida "Embraer 190" samolyotining qulashi oqibatida qurbon boʻlganlar va halok boʻlganlarning oila aʻʻzolari uchun tovon puli miqdorini aniqladi.
AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Tramp Rojdestvo munosabati bilan qilgan kinoyali murojaatida Panama kanali va Xitoy harbiylari haqida bayonot berdi. U oʻzining Truth Social sahifasida «Panama kanalini noqonuniy ravishda boshqarayotgan ustomon Xitoy harbiylari»ni Rojdestvo bilan tabrikladi.
Isroil armiyasi 252-diviziyasi sobiq zobitining mahalliy «Hareetz» gazetasi jurnalistiga aytgan bu soʻzlari Falastindagi dahshatli voqeilikning bir qismi xolos. Nashr tomonidan eʻʻlon qilingan tahliliy maqolada sionistlarning tinch aholiga nisbatan qasddan hujumlari va oʻldirilgan qurolsiz musulmonlarning «terrorchi» sifatida qayd etilishi tan olingan.