Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon parlamentga murojaatida mamlakatda rus tili oʻqituvchilariga boʻlgan ehtiyoj ortib borayotganini maʻʻlum qildi.
Afgʻoniston va Suriya hukumatlari oʻzaro diplomatik aloqalarni rivojlantirish niyatida. Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy va Suriya tashqi ishlar vaziri Asad Hasan ash-Shayboniy oʻrtasidagi telefon muloqoti chogʻida hamkorlikni kuchaytirish, delegatsiyalar almashinuvi va oliy darajadagi tashriflarni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 dekabrʻ kuni Bokudan Grozniyga uchgan Azerbaijan Airlines samolyotiga Rossiya havo hududida «fizik va texnik taʻʻsir» boʻlgani sabab yuzaga kelgan holat uchun Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievdan uzr soʻradi.
«Tolibon» Pokistonning Afgʻonistonga qarshi hujumlariga javoban Pokiston chegarasidagi bir necha nazorat-oʻtkazish punktlarini qoʻlga kiritdi va 19 nafar pokistonlik harbiyni zararsizlantirdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 449 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Suriyaning yangi hukumati sobiq harbiy sudya Muhammad Kanjo Hasanni hibsga oldi. U prezident Bashar Asad rejimi davrida mashhur Sednaya qamoqxonasida minglab odamlarni oʻlimga hukm qilgan. Suriya inson huquqlarini kuzatish tashkiloti (SOHR)ning maʻʻlumotlariga koʻra, Kanjo Hasan Tartus viloyatida oʻz atrofidagi 20 nafar kishi bilan qoʻlga olingan.
Rossiyada 2024 yilda rekord darajada – 3152 kishi qoʻporuvchi va ekstremist sifatida roʻyxatga olindi. Bu yil roʻyxatga 161 nafar voyaga etmaganlar kiritilgan - ulardan 138 nafari «terrorchi», 23 nafari «ekstremist».
Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd ishi boʻyicha Rossiya fuqarolari Bislan Rasaev va Shamil Temirxonovga qidiruv eʻʻlon qilingani haqida xabar berdi.