Suriyaning Rossiyadagi elchisi Bashar al-Jafariyning aytishicha, hokimiyatdan agʻdarilgan Bashar Asad davrida Suriyada biror bir rejim emas, balki korruptsiya va mafiya tizimi hukmronlik qilgan. Elchi, shuningdek, Suriyada zulm tugab, yangi davr boshlanganini taʻʻkidladi.
2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston va Qozogʻiston BRIKS tashkiloti bilan hamkorlik maqomini rasman qoʻlga kiritadi. Bu ushbu mamlakatlarga BRIKS tadbirlarida va tashkilotning turli faoliyatlarida hamkor davlat sifatida ishtirok etish imkonini beradi.
Amsterdam sudi Isroilning "Makkabi" futbol klubi muxlislariga qarshi koʻcha tartibsizliklari boʻyicha ishda antisemitizmni aniqlamadi. Tartibsizliklar 8 noyabrda Isroil muxlislarining qoʻpol xatti-harakatlari — Falastin bayrogʻini yoqish, arablarga qarshi shiorlar va transport vositalarini yoqib yuborishlari oqibatida kelib chiqqan edi.
Pokiston havo kuchlari Afgʻonistonning Paktika viloyatiga bir necha aviazarbalar berdi. "Tolibon" Mudofaa vazirligi vakili Inoyatulloh Xorazmiy hujum natijasida vaziristonliklar (Afgʻonistonga Pokiston shimoli-gʻarbidagi togʻli hududida qochib oʻtganlar) va tinch aholi vakillaridan qurbonlar borligini hamda "bu qoʻrqoqlik harakati javobsiz qolmasligini" maʻʻlum qildi.
Ciyosiy tizimi asta-sekin chirib borayotgan Misr faqatgina Gʻarb va Koʻrfaz arab davlatlarining uzluksiz moliyaviy yordami bilan yashab qolayotgan ulkan harakatsiz kuchga aylangan. Mamlakat qamoqxonalarida sharoit hamon ayanchli, mahbuslar qiynoq va shafqatsiz munosabatlarga qarshi bir necha bor ochlik eʻʻlon qilishdi. Bu yil Ichki ishlar vazirligi qamoqxonalari, Ichki xavfsizlik boʻlinmalari va politsiya uchastkalarida 50 dan ortiq mahbus vafot etdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 445 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Tojikiston Taʻʻlim va fan vazirligi Yangi yil arafasida maktablar, oliy oʻquv yurtlari va maktabgacha taʻʻlim muassasalarida archa oʻrnatish ziyofatlarini oʻtkazishni taqiqladi. Bu qaror avvalroq isrofgarchilikka qarshi kurashish va ota-onalarning mablagʻ yigʻishdan shikoyati asosida qabul qilingan.