Tataristonning Elabuga tumanida chorvachilik fermasida ishchilar yashovchi binoda yongʻin sodir boʻldi. Hodisa 6 kishi, jumladan, 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Yongʻinga elektr isitish jihozlaridan foydalanish qoidalarining buzilishi sabab boʻlgani aytilmoqda.
Isroil razvedkasi agentlari Livanda peyjerlarning portlatilishi haqidagi yangi tafsilotlarni ochiqladi.
Qirgʻiziston Xitoyga elektr energiyasini eksport qilish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirmoqda.
Rossiya Bosh prokuraturasi RF musulmonlari diniy boshqarmasining koʻpxotinlilikka ruxsat beruvchi fatvosini "amaldagi qonunchilik va davlat oila siyosati asoslarini asrab-avaylash hamda anʻʻanaviy rus maʻʻnaviy-axloqiy qadriyatlarini mustahkamlash sohasidagi qonun hujjatlariga zid" deb topdi. Shu munosabat bilpn mazkur fatvoni bekor qilish taklifini kiritgan.
Britaniya armiyasi oxirgi yillarda jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Harbiy xizmatchilarning ommaviy tark etishi va kam sonli yangi yollanmalar fonida armiya safi sezilarli darajada qisqarmoqda. Ularning yarmi oʻz istagiga koʻra ishidan voz kechgan.
Isroil armiyasining Gʻazo sektorida sodir etgan harakatlari xalqaro huquq talablariga zid keluvchi jiddiy huquqbuzarliklar ekanligi haqida maʻʻlumotlar oshkor boʻlmoqda.
Saudiya hukumati Afgʻonistondagi vaziyatning barqarorlashganini inobatga olgan holda Kobuldagi diplomatik vakolatxonasi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi.