"Hayʻʻat Tahrir ash-Shom" etakchisi Ahmad al-Shara (Jolaniy) Suriyani tiklash jarayoniga oid savollarga javob berdi. Uning soʻzlariga koʻra, Suriya iqtisodiyoti ogʻir ahvolda qabul qilingan boʻlsa-da, hamkorlik orqali sezilarli natijalarga erishish rejalashtirilgan. U Suriya kelajagi uchun sabr va qatʻʻiyat zarurligini alohida urgʻuladi.
HAMAS Mahmud Abbos rejimining Jenindagi falastinlik jangchilarga qarshi amaliyotini qoralab, buni “katta jinoyat” deb atadi.
Damashq universiteti arxitektura fakulʻteti binosida oʻqilayotgan jamoat namozi ommaviy axborot vositalarida keng tarqaldi. Suriyada Bashar Asad rejimining qulashi bilan vijdon erkinligi sohasidagi vaziyat tezda oʻzgardi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 439 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Rossiya va Ukraina harbiylari harbiy asirlarni “katta almashish” boʻyicha muzokaralar olib bormoqda, biroq hozircha kelishuvga erishilmagan.
Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qoʻshinlari boshligʻi, general-leytenant Igor Kirillov oʻlimida gumonlanib Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Ukraina razvedka xizmati unga 100 ming dollar pul mukofoti va Evropa davlatlarida yashash imkoniyatini vaʻʻda qilgani aytilmoqda.
Isroil davom etayotgan raketa va uchuvchisiz havo vositalari hujumlariiga javoban Yamandagi “Ansorulloh” harakatiga qarshi yangi harbiy operatsiya oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
Dunyo boʻylab "depressiya yoki tashvish" tufayli har yili 12 milliardga yaqin ish kuni oʻtkazib yuboriladi. Butun dunyoda depressiv kasalliklarning kuchayishi epidemiya darajasiga etib, mehnat bozoriga tahdid solmoqda va har yili jahon iqtisodiyotiga yuzlab milliard dollar zarar keltirmoqda.