AQSh Davlat departamenti maʻʻlumotiga koʻra, Asad rejimiga bogʻliq aktivlar qiymati 12 milliard dollargacha etadi. Ekspertlarning taʻʻkidlashicha, Asad rejimi hokimiyatni saqlab qolish bilan bir vaqtda "B" rejasi – qonuniy yoki noqonuniy yoʻllar bilan boyliklarni chet elga oʻtkazish uchun tayyorgarlik koʻrgan.
Suriyada Bashar Asad hokimiyatdan agʻdarilishi bilan Isroil bahsli Joʻlon tepaliklarini egallashni boshladi. Bu tepaliklarning ahamiyati nimada, u erda kimlar yashaydi? Isroilga Joʻlon tepaliklari ustidan nazorat oʻrnatish nima uchun muhim?
Xitoyning Ichki Moʻgʻuliston viloyatida sobiq amaldor Li Jianpin korruptsiya va davlat mablagʻlarini oʻzlashtirishda ayblanib qatl qilindi. U 2022 yilda jinoiy guruhlarga manfaat keltirish va hukumat mablagʻlarini oʻgʻirlashda ayblanib qoʻlga olingan.
Soʻnggi oylarda AQShda nomaʻʻlum dronlar toʻgʻrisidagi xabarlar koʻpaymoqda. Xususan, dekabrʻ oyida Germaniyadagi Ramshteyn harbiy bazasi ustida dronlar aniqlangani, Nʻyu-Jersi va boshqa shtatlarda uchuvchisiz apparatlar kuzatilgani jiddiy muhokamalarga sabab boʻldi. Bu kabi uchoqlarning harakatlari va manbasi hozircha nomaʻʻlum boʻlib qolmoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 438 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Isroil hukumati yakshanba kuni mamlakatning Irlandiyadagi elchixonasini yopish haqida qaror qabul qildi. Bu qaror Irlandiya hukumati tomonidan Falastin davlatining tan olinishi va Isroilga qarshi xalqaro huquq doirasidagi harakatlarni qoʻllab-quvvatlashi ortidan qabul qilindi.
Moskvadagi kuchli portlashda Rossiya Qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qoʻshinlari boshligʻi general-leytenant Igorʻ Kirillov halok boʻldi. Avvalroq Ukraina uni harbiy jinoyatlarda ayblagandi.
Suriyaning sobiq diktatori Bashar Asad nega muxolifat hujumi chogʻida mamlakatni tark etib, Rossiyaga ketganini ilk bor tushuntirishga harakat qildi. Matbuot xizmati tomonidan eʻʻlon qilingan bayonotda Asad oʻzining evakuatsiyasini rejalashtirilmagan deb atadi.
Suriyadagi fuqarolik urushi tufayli yuz bergan siyosiy inqiroz yillar davomida kuchayib bordi va Asad armiyasining qulashi bundan boshqa omillarni ham ochib tashladi.