Falastin qarshilik harakatining ildizlari 1882 yillarga borib taqaladi. Britaniya imperiyasi, Amerika va boshqa Gʻarb mamlakatlarining harbiy, moliyaviy va diplomatik qoʻllab-quvvatlavi, ayrim arab diktatorlarining ochiqchasiga yoki sukut bilan sionistlarni dastakladi va Falastin muxtoriyatining xoinligi ham bu qarshilik harakatini hech qanday tashqi yordamlarsiz kurash olib borishiga toʻsqinlik qilayotgani yoʻq. Ammo Isroil tashqi yordamsiz Falastin zaminida uzoq qolishi dargumon...
Nʻyu-Dehli Pekinni oʻzining eng yirik raqobatchisi sifatida koʻrmoqda. Bu esa Hindiston hukumatini Xitoyga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni toʻxtatishga, vizalarni cheklashga, jurnalistlarni chiqarib yuborishga va Hindistondagi Xitoy sarmoyalarini nazorat qilishga undadi. 2020 yilda Modi boshchiligidagi Nʻyu-Dehli 59 ta Xitoy ilovasini, jumladan Weibu'ni zudlik bilan taqiqlash orqali mojaroni kibermakonga koʻchirdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 437 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Isroil armiyasi bosib olingan Gʻarbiy Sohilda nazorat-oʻtkazish punktlariga masofadan boshqariladigan avtomatlashtirilgan qurollarni oʻrnatishni boshladi. Rafael Advanced Defense Systems tomonidan ishlab chiqilgan Rohe-Yore (See-Shoot) tizimi ilgʻor kuzatuv uskunalari va masofadan oʻt ochishni boshqarish mexanizmi bilan jihozlangan.
AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik mamlakat hukumatini birinchi AES uchun texnik hamkor tanlashda ehtiyot boʻlishga, “texnologiyalarning eng yaxshi kombinatsiyasini taʻʻminlay oladigan kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga chaqirdi. Shuningdek, u Vashingtonning Toshkent bilan hamkorlik qilishga tayyorligini taʻʻkidladi.
Suriyada 150 ga yaqin ommaviy qabrlar topildi. Damashqning Husayniya tumanidagi Asad qamoqxonalarida 75 000 ga yaqin mahbus oʻldirilgan. Qabr aeroport yaqinida joylashgan boʻlib, taxminan 100 dan ortiq chuqurlarda jasadlar bir-birining ustiga koʻmilgan.
Isroilning Gʻazo maktabiga hujumida 43 kishi halok boʻldi Isroilning Gʻazo shimolidagi Xalil Uveyda maktabiga qilingan hujumda 43 falastinlik halok boʻldi. Maktabda 1500 ga yaqin odam boshpana topgan edi. Jami 213 ta boshpana, shu jumladan shifoxonalar va qochqinlar lagerlari nishonga olingan. Hujumlar natijasida 7 oktyabrdan beri 44 976 kishi halok boʻlgan, ularning 17 492 nafari bolalar.
Los-Anjeles federal sudi Suriyaning sobiq yuqori martabali amaldori, qamoqxona boshligʻi va gubernatori Samir Usmon Al-Shayxni qiynoqlar va immigratsiya hujjatlarida firibgarlik qilishda aybdor deb topdi.
Rossiya Suriyadagi harbiy texnikalarini olib chiqishga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida bir qator manbalar xabar bermoqda. Bu maʻʻlumotlar sunʻʻiy yoʻldosh tasvirlari, dronlar yordamida olingan videolar va ochiq manbalar tahlillari orqali tasdiqlangan.