Rossiya Suriyada hokimiyatni egallagan muxolifatning ittifoqchisi boʻlishi kerak. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov soʻz ochdi.
Suriya hozirda bir nechta yirik qurolli guruhlar tomonidan boʻlingan. Ulardan Hayʻʻat Tahrir ash-Shom (HTSh) mamlakat shimoli-gʻarbidagi asosiy hududlarni, shu jumladan poytaxtni nazorat qilmoqda. Turkiya tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Suriya milliy armiyasi guruhi shimoliy hududlarda faoliyat yuritmoqda.
Ukraina Rossiya hududiga Evropa va AQShning uzoq masofali qurollaridan foydalangani uchun Rossiya unga javoban gipertovushli "Oreshnik" qurolini yana qoʻllamoqda.
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr Grushkoning taʻʻkidlashicha, Evropa Ittifoqi (EI) Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning taʻʻsirida katta iqtisodiy zarar koʻrmoqda. Uning aytishicha, EIning iqtisodiy yoʻqotishlari hozirda 1,5 trillion evrodan oshib ketgan.
Isroil xavfsizlik xizmati (Shin Bet) tomonidan qariyb 30 kishining Eron foydasiga josuslik qilishda gumonlanib hibsga olinishi mamlakatda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Isroil razvedkasi bunday masshtabdagi josuslik holatini "tarixdagi eng jiddiy tahdidlardan biri" deb atadi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 433 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Afgʻonistonning Muhojirlar ishlari boʻyicha vaziri vazifasini bajaruvchi Halil ar-Rahmon Haqqoniy Kobulda vazirlik qarorgohida sodir boʻlgan portlashda halok boʻldi.