Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko birinchi marta respublika hududida bir necha oʻnlab yadro kallaklari joylashganini tasdiqladi. Shuningdek, Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinga shaxsan oʻzi Belarusda ehtimoliy tajovuzdan himoyalanish uchun taktik yadro qurolini joylashtirishni soʻrab murojaat qilganini aytdi.
Qirgʻizistonlik deputat Jaloliddin Nurboev uyma-uy yurib odamlarni Islomga daʻʻvat qilishga qonunan ruxsat berilishini soʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Damashqdagi rejim idoralarida Suriya razvedkasi Muxabarat va Mossad oʻrtasidagi hamkorlikni koʻrsatuvchi maxfiy hujjatlar topildi. Hujjatda “Muxobarat” Mossad bilan Kutaif hududida Eron qurollari saqlangan harbiy yuk samolyoti haqida maʻʻlumot bergan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 432 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Isroil harbiylari Bashar Asad hokimiyatdan qulaganidan beri Suriyadagi 320 ta strategik nishonga havo hujumi uyushtirganini maʻʻlum qildi. Isroil iddaosiga koʻra, Asad rejimidan qolgan harbiy salohiyatning 70 foizdan ortigʻi yoʻq qilingan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin maktablarda oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun baholarni qayta joriy etish masalasini koʻrib chiqishni taklif etdi. Uning aytishicha, agar bu baho qaytarilsa, u boshqa baholarga teng boʻlishi va taʻʻlim jarayoniga taʻʻsir qilishi kerak.