Turkiya Milliy Razvedka Tashkiloti (MİT) Suriyaning Qamishli shahrida PKK/YPG terror tashkilotiga qarshi yirik operatsiya oʻtkazdi. Operatsiya natijasida Asad rejimiga tegishli boʻlgan va terrorchilar tomonidan qoʻlga olingan qurol-yarogʻlar yoʻq qilindi.
Muhammad al-Bashir Suriyadagi oʻtish davri hukumati rahbari etib tayinlandi. Uning vazifasi 2025 yil 1 martgacha davom etadi. Bu tayinlov Suriyadagi siyosiy oʻzgarishlarning muhim bosqichi sifatida baholanmoqda.
Bu haqda AQSh Markaziy qoʻmondonligi rahbari general Erik Kurilla Iordaniya harbiylari bilan uchrashuvda maʻʻlum qildi. U, shuningdek, Suriyadan kelib chiqishi mumkin boʻlgan tahdidlarga qarshi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini taʻʻkidladi.
Misrda strategik ahamiyatga ega tovarlar, jumladan, oziq-ovqat va ayniqsa, bugʻdoy importi Taʻʻminot vazirligidan Harbiy havo kuchlarining Barqaror rivojlanish agentligiga topshirildi.
"Oq dubulgʻalilar" deb nom olgan Suriya Fuqarolik Mudofaa guruhi Sednaya qamoqxonasidagi barcha maxfiy kameralar, ertoʻlalar, hovli va tevarakdagi hududlar toʻliq tekshirilgani, ochilmagan joy qolmagani sababli tekshiruv ishlari tugatilganini maʻʻlum qildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 431 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
3 dekabrʻ kuni Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Suk Yol va u bilan bogʻliq yana 7 nafar amaldorni hibsga olishni talab qiluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Parlamentda harbiy holat joriy etishni rad etish uchun 190 deputat ovoz berdi. Biroq prezidentning bu harakatlari uni impichmentdan saqlab qoldi.
Germaniyaning Migratsiya va qochqinlar boʻyicha federal idorasi (MQFI) Suriyadan kelgan qochqinlarning boshpana soʻrovlarini vaqtincha koʻrib chiqishni toʻxtatdi. Ushbu qaror Suriya diktatori Bashar Asad hokimiyatining agʻdarilishi bilan bogʻliq siyosiy vaziyat sababli qabul qilingan. Ayni damda Germaniyadan boshpana soʻragan suriyalik qochqinlar soni bir millionga yaqinlashgan.
Suriyada muxolifat kuchlari Kurdiston ishchi partiyasi (PKK) nazoratida boʻlgan Manbij shahrini toʻliq qoʻlga kiritdi. Dayr az-Zor viloyati markazi, Tal-Rifat, Bukamal va Mayyadin hududlaridan ham PKK siqib chiqarildi. Isroil PKKni "mintaqada barqarorlikni taʻʻminlovchi kuch" deb atab, xalqaro hamjamiyatni uni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.