Pokiston shimoli-gʻarbida asosan shialar yashovchi Kurram tumanida avtomobillar karvoniga hujum uyushtirildi. Hodisada kamida 38 kishi, jumladan, olti ayol halok boʻldi, 20 kishi jarohatlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda oralarida Bagan shahrida oralarida Eron yollanma askarlari qoʻmondoni Tehron Tori ham boʻlgan shialarning sunniylarga hujum qilgani aks etgan videolar tarqaldi.
Malayziyaliklar tomonidan Isroilga qarshi boykot sababli Starbucks kompaniyasi mamlakatdagi 408 ta doʻkonidan 50 tasini vaqtincha yopishga majbur boʻldi. Kompaniya savdolari ikki barobarga qisqargan va yarim yillikda 20,5 million dollar zarar koʻrgan.
HAMAS Gʻazo sektorida gumanitar yordamlarni talon-taroj qilish bilan shugʻullangan jinoiy guruhlarga qarshi operatsiya oʻtkazdi. Xon Yunus va Rafahda olib borilgan operatsiya natijasida ikki guruhga aloqador 20 nafar qurolli shaxs zararsizlantirildi. Bu toʻdalarning baʻʻzilari IShID terror tashkiloti bilan aloqada boʻlgan.
Afgʻoniston shimolidagi Bagʻlon viloyatida hazoralar (etnik guruh, shialar)ga uyushtirilgan qurolli hujum natijasida, dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, 10 kishi halok boʻldi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 413 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Qizil dengizda Yaman husiylarining Isroilga aloqador kemalarga hujum qilishi oqibatida Misrning Suvaysh kanalidan oladigan daromadi 70 foizgacha tushganini maʻʻlum qildi. Shu bilan birga, XVJning Misrdagi iqtisodiy ilohotlarni qoʻllab-quvvatlashga 8 mlrd dollar kredit ajratish toʻgʻrisidagi qarori mamlakatda tovar va xizmatlar narxining oshishiga olib keldi.
Avstraliya hukumati Isroilning 2015-2019 yillarda adliya vaziri, 2021-2022 yillarda esa ichki ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan Aelet Shakedga viza berishni rad etdi. Bunga uning tashrifi Avstraliya jamiyatining ayrim qismlarini "tahqirlashi" va jamiyat ichida "nizo" qoʻzgʻatishi mumkinligi sabab qilib keltirildi.
Evropa Ittifoqining aksariyat davlatlari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish uchun order berilishi munosabati bilan Xalqaro jinoiy sudni qoʻllab-quvvatlamoqda. Evropa Ittifoqi oliy vakili, Niderlandiya, Italiya, Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Irlandiya va Shveytsariya allaqachon Gaaga sudi qaroriga amal qilinishini bildirdi.
Xalqaro jinoyat sudi Gʻazo sektorida insoniyat qarshi harbiy jinoyatlarni amalga oshirgan Isroil hukumat rahbari Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 412 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.