Oktyabrʻ oyida minglab isroilliklar yahudiy davlati hukumatini zudlik bilan otashkesimga majburlash uchun Isroilga global bosim oʻtkazishga chaqirgan ochiq xatni imzoladilar. Murojaatni isroillik rassomlar, yozuvchilar, matematiklar va sobiq diplomatlar imzolagan. Maktubni imzolaganlar orasida Isroilning Rossiyadagi sobiq elchisi Aliza Shenhar ham bor.
JSSI hisobotiga koʻra, iqlim oʻzgarishining sogʻliq uchun tahdidlarini koʻrsatib boruvchi 15 koʻrsatkichdan 10 tasi yangi rekordlarni qayd etdi. Oʻtgan yili odamlar sogʻligʻi uchun xavfli ekstremal harorat odatdagidan 50 kun koʻproq vaqt davomida kuzatildi, kuchli qurgʻoqchilik esa global quruqliklarning 48 foiziga taʻʻsir koʻrsatdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 390 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Dunyoning 1000 dan ortiq mashhur yozuvchi va jurnalistlari“falastinliklarga qarshi zulmga sherik boʻlayotgan yoki jim qarab turgan” Isroil nashr va noshirlari, adabiy agentliklari hamda madaniyat markazlari bilan hamkorlik qilmaslikka vaʻʻda berilgan maktubni imzolashdi.
Eron va Isroil oʻrtasidagi vaziyat keskinlashishi ortidan Tehron harbiy byudjetini 200 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Maʻʻlumotlarga koʻra, 2024 yilda Eron Qurolli Kuchlari xarajatlari 13,879 mlrd dollarni yoki YaIMning 2,5 foizini (2022 yil) tashkil etgan.
Rossiya parlamenti noqonuniy migratsiya tashkil etish faoliyatini oʻta ogʻir jinoyatlar darajasiga koʻtarish hamda ushbu qilmishlar uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashni koʻzda tutgan qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, rossiyalik bilan turmush qurgan chet elliklar uchun yashash guvohnomasini olish muddati 3 yilga uzaytirildi.
Saudiya Arabistoni poytaxt Ar-Riyod shahrida dunyoda eng katta kub shaklidagi binoni barpo etishni boshladi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 389 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Spetsnaz” universiteti hududiga uyushtirilgan uchuvchisiz uchoq hujumi oqibatlari haqida maʻʻlumot berdi. Uning maʻʻlum qilishicha, hujum boʻsh binoga qaratilgan va hech kim jabrlanmagan. Bu – Chechenistonga Ukraina tomonidan uyushtirilgan birinchi dron hujumi.
Livanning “Hizbulloh” harakati Isroil tomonidan oʻldirilgan sobiq etakchisi Hasan Nasrulloh oʻrniga Naim Qosim bosh kotib etib saylanganini maʻʻlum qildi. U harakatni Eron poytaxti Tehrondan turib boshqaradi.