Senator Ted Kruz va AQShdagi Respublikachilar partiyasi vakillari "Musulmonlar birodarlar" harakatini terroristik tashkilotlar roʻyxatiga kiritish tashabbusi bilan chiqdi.
Statistikaga nazar tashlasak, urush boshlanganidan beri 43 nafar askar oʻz joniga qasd qilgan. 2024 yilning oʻzida 21 ta oʻz joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan – bu 2011 yildan beri eng yuqori koʻrsatkichdir.
Londonda hamshira oq xalatiga tarvuz shaklidagi nishon taqqani uchun muammoga yoʻliqdi. Tibbiyot muassasasida hamshirani "targʻibot ramzlarini nooʻrin taqqani" uchun ayblashdi. "isroil uchun advokatlar" huquqiy tashkiloti ham ingliz hamshirasining ustidan sudga arz qilib, bunday nishon taqishni antisemistik harakat deb atadi.
Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъ mamlakatga qilingan hujum va druzlar bilan yuz bergan toʻqnashuvlarga oʻz munosabatini bildirdi.
Bosqinchi isroil tarafdori boʻlgan kuchlar magʻlub etilganidan soʻng hududga Suriya ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari joylashtiriladi. Sulh kelishuvini imzolagan druz shayxi Yusuf Jerbu IIV bilan hamkorlikka tayyor ekanini bildirib, hududda xorijiy kuchlar, xususan, isroilning aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligini taъkidlagan.
SSSRning Afgʻonistondagi harbiy kampaniyasi davrida (1979–1989) sovet harbiylari va afgʻon XAD (Xadamot-i ittilooti davlati – Davlat xavfsizlik xizmati) kuchlari tomonidan tizimli ravishda muslimalarning oʻgʻirlanishi, zoʻrlash va shafqatsiz muomala qilish holatlari kuzatilgan. Sovet askarlari va XAD agentlari Kabul, Lagmon, Darul-Aman va boshqa mintaqalarda ayollarni ushlab ketib, ularni zoʻrlash va mahalliy aholini qoʻrqitish bilan shugʻullangan. Amnesty International’ning 1999 yildagi hisobotida quyidagi izohlarni oʻqishimiz mumkin: "Ayollarni koʻp hollarda oʻgʻirlashardi, zoʻrlashardi, fohishalikka majburlashardi... Bu “urush gʻanimati” sifatida koʻrilardi".
Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisi oʻrinbosari, Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov mamlakatdagi masjidlar issiq yoki sovuqdan qiynalgan har qanday inson uchun ochiqligini aytib oʻtdi.
Bosqinchi isroil kuchlari qamalda qolgan Gʻazoni bombardimon qilishda davom etmoqda. Kecha, 14 iyulь kuni sionistlarning hujumlari oqibatida 78 falastinlik halok boʻldi.
Afgʻoniston oliy taъlim vaziri Shayx Nida Muhammad Nadim Yaponiya elchisi Takayoshi Kuromaya bilan uchrashdi. Muzokaralarda taъlim va gumanitar yordam sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, elchi Yaponiyaning Afgʻonistonni qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan. Shuningdek u, Islom Amirligining qator sohalardagi yutuqlarini eъtirof etgan.
7 oktyabrdagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng "Isroil" harbiy razvedkasi rahbariyati xodimlar uchun majburiy islomshunoslik va arab tilini oʻqitishni joriy etishga qaror qildi. Kelgusi oʻquv yilidan boshlab barcha sionist josuslari Islom dinidan saboq oladi, yarmi arab tilini ham oʻrganadi.