Rossiyadagi tarixiy arxitektura yodgorliklari davlat muhofazasidagi obъektlar sifatida roʻyxatga olingan boʻlsa-da, ularning koʻpchiligi qarovsiz holatda qolgan. Ular orasida islom tarixiga daxldor masjidlar, maqbaralar, madrasalar va boshqa binolar bor
AQSh prezidenti Donalьd Tramp 7 iyunь, shanba kuni immigratsiya reydlariga javoban boshlangan norozilik namoyishlarini tarqatish uchun Los Anjelesga 2000 nafar Milliy gvardiya askarini kiritish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Falastinning HAMAS qarshilik harakati bosqinchi isroil kuchlari hibsdagi falastinliklarni ham asta-sekin oʻldirib yuborayotganini maъlum qildi. Harakatga koʻra, mahbuslar ishgʻol rejimining mislsiz qiynoqlariga solinmoqda hamda sionistlar tomonidan qatl etilyapti.
AQSh prezidenti Donald Tramp etti musulmon mamlakat aholisi uchun AQShga kirishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Taqiq Eron, Afgʻoniston, Yaman, Liviya, Sudan, Somali va Chad fuqarolariga tegishli.
Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi Haj marosimlari boshlanishi arafasida 75 mingdan ortiq kishini hibsga oldi.
Sharqiy Afgʻonistonda joylashgan Lagman viloyati hokimiyati Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) munosabati bilan markaziy qamoqxonadan 91 nafar mahbus ozod etilganini maъlum qildi. Bu chora Afgʻoniston Islom amirligi rahbariyati tomonidan eъlon qilingan maxsus amnistiya doirasida amalga oshirilgan.
Vashington Suriyadagi harbiylari sonini ham qisqartirishni rejalashtirgan. Hozirda mamlakatda taxminan ikki ming nafar amerikalik askar bor. Kontingent qisqarishiga IShIDga qarshi kurashda soʻnggi oʻn yil ichida erishilgan “sezilarli muvaffaqiyatlar” sabab qilib koʻrsatilgan.
Janubiy Ural davlat universiteti olimlari oddiy bugʻdoy uniga uvalangan chigirtka xomashyosini qoʻshish orqali yangi non yopish usulini ishlab chiqdi.
Afgʻonistondagi “Hilol koʻrish qoʻmitasi” hech bir viloyatda 28 may kuni zulhijja oyi koʻrinmaganini maъlum qilgan. Aholi vakillari ham ushbu oyni koʻrgani haqida shariat sudlariga guvohlik bermagan. Shundan kelib chiqib, afgʻon hukumati 28 may zulqaъda oyining soʻnggi kuni ekanini aytib, 7 iyunni Qurbon hayiti sifatida belgilagan.
Misr tashqi ishlar vaziri Sameh Shukri AQSh prezidentining Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan telefon orqali muloqot qilib, Gʻazodagi urush keng koʻlamli mintaqaviy mojaroga aylanib ketishidan xavotir bildirdi.