AQSh va Kanadadagi bir qator sinagogalar Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohildagi noqonuniy yahudiy aholi punktlari hududlarida Falastin mulklarini sotish masalasini muhokama qilish uchun yopiq yigʻilishlar oʻtkazdi. Ularda noqonuniy aholi punktlari uchun Falastin erlarini sotilmoqda.
Misrning Suvaysh kanali boʻylab yuk tashish narxi toʻqqiz barobarga oshib, bir konteyner uchun 6800 dollargacha koʻtarildi. Inqirozdan avval 750 dollar edi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 151 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares mamlakati Gʻarbiy Sohildagi “12 tajovuzkor isroillik koʻchmanchilardan iborat birinchi guruh”ga qarshi sanktsiya jarayonini boshlaganini maʻʻlum qildi. “Sukut va harakatsizlik har doim jabrdiydalarning zarariga ishlaydi”, dedi musulmon davlatlarda yoʻq jurʻʻat va irodani namoyon etayotgan Ispaniya vakili.
Germaniyaning Aaxen shahrida 65 yoshli ayol kasalxonada odamlarni garovga oldi. Shifoxonada maxsus operatsiya oʻtkazilib, ayol qoʻlga olingan. Jinoyat sabablari hozircha maʻʻlum emas.
Ishgʻol ostidagi Falastinning Quddus shahrida amerikalik diplomat oʻlik holda topildi. Diplomatning oʻlimi boʻyicha shubhali hech narsa yoʻqligi maʻʻlum qilindi.
Saudiya Arabistoni hukumati sanitariya meʻʻyorlari sababli masjidlar ichida iftorlik oʻtkazish taqiqlanganidan soʻng Makka va Madina shaharlaridagi iftorliklar masjidlar tashqarisida oʻtkazilishi maʻʻlum qilindi. Shuningdek, imom va muazzinlarga Ramazon oyida iftorlik uyushtirish uchun moddiy ehson yigʻish cheklandi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi, sobiq prezident Dmitriy Medvedev Sochida boʻlib oʻtgan yoshlar festivalida Ukraina Rossiyaniki ekanini aytib, RF chegaralarining kengaytirilgan xaritasini koʻrsatdi. Unda Ukraina hududining katta qismi Rossiya, Polʻsha, Ruminiya va Vengriya oʻrtasida boʻlib olingan boʻlib, Kiev viloyati kattaligidagi qismi “Ukraina” deb koʻrsatilgan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 150 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
Ingushetiyaning Qorabuloq shahrida Rossiya maxsus kuchlari tomonidan aksilterror operatsiyasi oʻtkazildi. Shanba oqshomida ushbu shaharda qurollangan guruh yashiringan koʻp qavatli uylardan birida otishma sodir boʻldi. Maxsus operatsiya rejimi amalda qolishi maʻʻlum qilindi.