Isroil yana bir bor gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga zarba berdi. Gumanitar yordam olib ketayotgan yuk mashinasiga hujum qilinishi oqibatida 9 kishi halok boʻldi, oʻnlab kishilar jarohatlandi.
Turkiyaning Antaliya viloyatida boʻlib oʻtgan 3-diplomatik forum ishtirokchilari BMT, BMT Xavfsizlik Kengashi islohotga muhtoj ekani, ular dunyoda roʻy berayotgan oʻzgarishlar fonida turgʻunlik holatida ekani hamda qurolli mojarolarda tobora koʻproq tinch aholi vakillari qurbon boʻlayotganini taʻʻkidlashdi.
Pokiston musulmonlar ligasi raisi Shahboz Sharif mamlakatning yangi bosh vaziri etib saylandi. U 2022-2023 yillarda ham hukumatni boshqargan.
Hindistondagi mashhur musulmonlardan biri Vakil Hasanning Nʻyu-Delidagi uyi ogohlantirishsiz buzib tashlandi. Noyabrʻ oyida u va jamoasi tuproq oʻpirilishi oqibatida qamalib qolgan 40 nafar konchini 26 soat ichida qutqarib, qahramonga aylangan edi.
Isroil hukumati Gʻazo sektoriga gumanitar yordam olib ketayotgan 277 yuk mashinasiga ruxsat berdi.
Rossiyaning Samara viloyatidagi temir yoʻl koʻprigida portlash sodir boʻldi. Hodisaga qoʻlbola portlovchi uskunaning ishga tushirilishi sabab boʻlgani aytilmoqda.
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kantsleri Olaf Sholʻts oʻrtasida Ukrainaga harbiy yordam masalasidagi kelishmovchiliklar siyosiy munozaradan ochiq adovatga aylanib bormoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-marta xalqqa murojaat qilib, Gʻarbni yana bir bor ogohlantirdi, geosiyosatdagi yangi kuchlar muvozanati haqida gapirdi, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va inson kapitaliga katta sarmoya kiritilishini eʻʻlon qildi. Putinning Murojaatnomasidagi asosiy masalalar.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning Antaliya Diplomatik forumidagi nutqida Isroilning Gʻazodagi xunrezliklari, urush jinoyatlari oqibatlari, xalqaro hamjamiyatning tutayotgan yoʻli, Turkiyaning Gʻazo va falastinliklarga koʻrsatayotgan yordami va boshqalarga toʻxtalib oʻtdi. Asosiy iqtiboslar
Gʻazo sektorida Isroil ishgʻolchi kuchlarining hujumlari natijasida kamida 70 nafar isroillik asir halok boʻlgan. HAMAS fikricha, Isroil aslida asirlarni ozod qilmoqchi emas, balki hammasini oʻldirish uchun harakat qilmoqda.