Isroillik tarixchi, Britaniyaning Ekseter universiteti professori va Evropa Falastin tadqiqotlari markazi direktori Ilan Pappe sionistik loyiha oxiriga etayotganiga ishora qiluvchi beshta alomatni sanab oʻtdi.
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 104 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
Qatar Tashqi ishlar vazirligi Isroil va HAMAS oʻrtasida imzolangan kelishuv doirasida Gʻazo sektoriga dori-darmon va gumanitar yordam etkazib berish boshlanganini eʻʻlon qildi. HAMAS avvalroq isroillik mahbuslarga dori-darmon va gumanitar yordam faqatgina Gʻazodagi boshqa musulmonlar uchun ham kiritilganda ruxsat berilishini maʻʻlum qilgan edi.
Bugun ertalab Pokiston Eronning Siston va Balujiston viloyatidagi terrorchilar maskanlariga yuqori darajada muvofiqlashtirilgan va aniq maqsadli bir qator harbiy zarbalar berdi. Bu haqda Pokiston TIV maʻʻlum qildi.
Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi polkovnigi Husayn Ali Javidanfer Siston-Balujiston viloyatidagi Zohidan-Xash trassasida nomaʻʻlum shaxslar tomonidan qurolli hujum natijasida halok boʻldi.
Eron tomonidan Pokiston hududiga raketa zarbalari berilgani ortidan Islomobod Tehrondagi elchisini chaqirib oldi. Pokiston razvedkasidagi manba ushbu hujumga javob berishning barcha imkoniyatlari koʻrib chiqilayotganini maʻʻlum qildi.
Isroilning Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohildagi jinoyatlarini hujjatlashtirib boruvchi maxsus sayt ishga tushirildi. Unda sionistlar genotsidini isbotlovchi foto va videodalillar, Isroil hukumatining manfur bayonotlari hamda ekspertlarning baholari berib borilmoqda.
Xitoy aholisi ketma-ket ikkinchi yil kamayib, 1 mlrd 409 mln nafarni tashkil etdi. Yil davomida xitoyliklar 2 mln kishiga kamaygan.
Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi Pokistonning Eron bilan chegaradosh Balujiston viloyatida joylashgan “Jaysh al-Adl” (“Adolat armiyasi”) terrorchilik guruhining asosiy bazasiga ballistik raketa va uchuvchisiz samolyotlar yordamida hujum uyushtirdi. Pokiston tomoni bu hujumni mamlakat havo hududini asossiz buzish deb atadi va 2 bolaning halok boʻlgani, 3 bola jarohatlanganini maʻʻlum qildi.
Husiylar Qizil dengizda Malʻta bayrogʻi ostida Vʻetnamdan Isroilga yoʻl olgan yunon yuk kemasiga hujum uyushtirilgani haqidagi maʻʻlumotni tasdiqladi.