Isroil lobbisi Gʻazo boʻyicha reportaj tayyorlagan Avstraliyaning ABC telekanali jurnalisti Antuanetta Lattufning ishdan boʻshatilishiga erishdi.
BMT Bolalar jamgʻarmasi (YuNISEF) dushanba kuni Afgʻoniston gʻarbida oʻtgan yilning oktyabrida sodir boʻlgan kuchli zilzilaladan jabr koʻrgan 100 minglab bolalar qahraton qish tufayli ogʻir ahvolda ekanini maʻʻlum qildi.
Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyani mamlakat Konstitutsiyasida “birinchi raqamli dushman davlat” deb belgilashga chaqirdi. Shuningdek, u Pxenʻyandagi ikki davlat birlashishi ramzi hisoblangan yodgorlikni buzib tashlashni talab qildi.
AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Tramp Ayova shtatida boʻlib oʻtgan Respublikachilar partiyasining praymeriz saylovlarida ishonchli gʻalaba qozondi. Respublikachilar partiyasidan yana bir nomzod - Vivek Ramasvami AQShning sobiq prezidenti Tramp foydasiga saylovda qatnashishdan bosh tortdi.
Eron Iroq va Suriyada bir qancha nishonlar, jumladan, Erbildagi “Isroil josuslik markazi”ga zarba berilganini maʻʻlum qildi. AQShning Erbildagi konsulxonasi toʻliq vayron qilingan. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.
Ekvadorda "ichki qurolli toʻqnashuv" holati eʻʻlon qilinganidan buyon jinoiy toʻdalarning 1534 nafar aʻʻzosi qoʻlga olindi. Bundan tashqari, amaliyotlar doirasida qurolli shaxslar tomonidan ushlab turilgan 11 nafar militsiya xodimi ozod qilinib, 575 dona oʻqotar qurol va 478 dona qoʻlbola portlovchi moddalar, shuningdek, 5,6 tonnaga yaqin narkotik moddalar musodara qilingan.
50 nafarga yaqin janubiy afrikalik advokatlar Isroilning Falastindadagi jinoyatlarini qoʻllab-quvvatlayotgani uchun AQSh va Britaniya hukumatlarini sudga berishga tayyorlanmoqda. “AQSh qilgan jinoyatlari uchun javob berishi kerak”, - dedi tashabbus rahbari.
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniy Rossiyaning radar va havodagi qoʻmondonlik punkti vazifasini bajaruvchi A-50 hamda Il-22 harbiy transport samolyotlari Azov dengizi ustida muvaffaqiyatli yoʻq qilinganini bildirdi.
100 kundan ortiq vaqt ichida Gʻazodan toʻqqiz mingta, Livandan esa ikki mingtasi Isroil yoʻnalishida raketa otildi. Oʻz navbatida, ushbu davrda Gʻazo sektoridan 9 mingta, Livandan 2 mingta raketa uchirilgan.
Maldiv orollari Hindistondan 15 martgacha mamlakatdagi 88 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketishni talab qildi.