69 yoshli amerika-perulik kardinal Robert Prevo yangi Rim papasi etib saylandi. Vatican News'ning xabar berishicha, u tarixdagi birinchi amerikalik pontifikka aylandi.
AQSh taъlim vaziri Linda Makmaxon Garvard universitetiga rasmiy maktub yoʻllab, universitet bundan buyon davlat tomonidan moliyalashtirilmasligini maъlum qildi. Daily Mail'ning yozishicha, universitet maъmuriyati rasmiy javob oʻrniga xatni imlo va punktuatsion xatolarini tuzatibga qaytargan.
Agar ushbu maъlumotlar rasman tasdiqlansa, bu J-10C uchogʻining jangovar sharoitda boshqa harbiy uchoqni birinchi marta urib tushirishi sifatida tarixga kirishi mumkin. Shuningdek, Rafale ham birinchi marta havodan urib tushirilgan harbiy uchoq sifatida qayd etiladi. Shuningdek, Hindistonga tegishli 25 ta isroilda ishlab chiqarilgan “Harop” turkumiga mansub kamikadze droni urib tushirilgani maъlum qilindi.
Islandiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Sloveniya va Ispaniya tashqi ishlar vazirlari Isroilning Gʻazo sektorida harbiy amaliyotlarni kengaytirish va u erda doimiy ravishda qolish niyatini keskin qoraladi. "Biz Gʻazoda har qanday demografik yoki hududiy oʻzgarishlarni qatъiy rad etamiz, ayniqsa, aholini majburiy koʻchirishga olib keluvchi harakatlar xalqaro huquqni buzish hisoblanadi", — deyiladi qoʻshma bayonotda. Gʻazo — Falastin davlatining ajralmas qismi ekani alohida taъkidlandi.
6–7 may kunlari Hindiston armiyasi Pokiston va unga qarashli Ozod Kashmir hududidagi 9 ta manzilga raketa hujumlari amalga oshirdi. Hindiston hujumlarga asos sifatida Paxalgamdagi terror hujumi va yangi tahdidlar haqidagi razvedka maъlumotlarini koʻrsatdi. Pokiston esa 5 ta Hindiston harbiy samolyoti va 1 dronni urib tushirganini, ushbu hujumlar oqibatida 31 kishi halok boʻlganini, 57 kishi yaralanganini maъlum qildi. Soʻnggi vaziyat
Qayd etilishicha, yana 94 nafar ustozlik kurslari bitiruvchilari nafaqat nazariya va amaliyot, balki aqida darslarini ham muvaffaqiyatli tamomlab, maxsus sertifikatlarga ega boʻlishgan. Shu tariqa bunday sertifikat sohiblarining umumiy soni 977 nafarga etgan.
The New York Times nashrining yozishicha, Hindiston AQSh bilan yaqinlashgani sababli, 2010 yildan buyon Rossiya qurollarini sotib olishni 50 foizdan koʻproqqa qisqartirgan va amerika, frantsuz hamda isroil tizimlariga koʻproq eъtibor qaratmoqda. Pokiston esa Xitoy bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirdi – mamlakat harbiy texnikasining qariyb 80 foizi Xitoydan keltiriladi: J-10C qiruvchi samolyotlari va uzoq masofaga uchuvchi raketalari shular jumlasidandir. Hozirda mamlakat Xitoy tizimlarini sotib olishni ikki baravarga koʻpaytirmoqda.
U agar Nьyu-Dehli "Sindur" harbiy operatsiyasini toʻxtatsa Islomobod Hindiston bilan mojaroni kuchaytirishni rejalashtirmayotganini aytib oʻtgan. Shuningdek, vazir Hindiston chekinadigan boʻlsa, Pokiston javob choralari koʻrmasligini, aks holda, mamlakat oʻzini himoya qilishga majbur boʻlishini qoʻshimcha qilgan.
AQSh Vakillar palatasining Demokratik partiyadan aъzosi Rashida Tlaib Qoʻshma Shtatlarni genotsidga sheriklikda aybladi.
Birlashgan Arab Amirliklarida yangi oʻquv yilidan boshlab davlatga qarashli barcha taъlim muassasalarida — bogʻchalar, maktablar va oliy oʻquv yurtlarida — sunъiy intellekt darslari oʻtiladi. Sunъiy intellektni alohida fan sifatida oʻquv dasturiga kiritish qarori mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.