Isroil hukumati HAMASga qarshi quruqlikdagi operatsiyani kengaytirish rejasini maъqulladi. Unga koʻra, Gʻazoning tinch aholisini anklav janubiga koʻchirish rejalashtirilmoqda.
Pokiston havo kuchlari Hindistonning ikkita qiruvchi samolyotni urib tushirdi.
Dehli tomonining bayonotiga koʻra, zarbalar aniq nishonga qaratilgan boʻlib, ular harbiy obъektlarga emas, boshqa belgilangan nuqtalarga yoʻnaltirilgan. Pokiston hukumati ham ushbu hujumni rasman tasdiqladi. Islomobod rasmiylarining bildirishicha, Hindiston uchta alohida hududga raketa hujumlari uyushtirgan.
Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning ehtimoliy harbiy hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda va urush holatidagi harakatlar boʻyicha yangi reja ustida ishlamoqda. Maъlum qilinishicha, hujjat “Milliy mudofaa rejasi” deb nomlanadi va mojaro boshlangan dastlabki kunlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar tartibini belgilaydi. Xususan, hujjatda hukumat urush eъlon qilinsa qanday choralar koʻrishi, mamlakatni harbiy holatda qanday boshqarishi kerakligi bayon etilgan.
Mashgʻulotlar doirasida havo hujumi signalizatsiyasini sinash, elektr taъminotini vaqtincha toʻxtatish va evakuatsiya protokollarini tekshirish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Gʻazoda yuzaga kelgan ogʻir gumanitar inqiroz ortidan BMTning Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligi (UNRWA) va Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati xalqaro hamjamiyatni isroilga nisbatan qatъiy choralar koʻrishga chaqirmoqda. UNRWA maъlumotlariga koʻra, Gʻazodagi koʻplab oilalar kuniga atigi bir martalik ovqat bilan kun oʻtkazishga majbur. Ayrimlar isteъmol qilish xavfli boʻlgan narsalarni ham emoqda.
Bu mahsulotlarga qiziqish bir yil ichida 26 foizga ortib, 362 mingdan ortiq xaridor xarid qilgan. Talab diniy eъtiqodga emas, xavfsiz va sifatli tarkibga boʻlgan ishonchga bogʻliq.
Husiylar Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportiga zarba bergani ortidan isroil samolyotlari Yamandagi 10 dan ortiq nuqtaga taxminan 48 ta bomba tashladi. Jumladan, Hudeyda porti, tsement zavodi hujumga uchradi.
Ayni paytda Pokiston ixtiyorida taxminan 150 ta yadroviy kallak bor.
Tojikistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylari va nogironlariga 9 may arafasida 25 ming somoniy (taxminan 2,4 ming dollar) miqdorida bir martalik toʻlov puli beriladi.