AQSh va Xitoy Shveytsariyadagi muzokaralar natijasida oʻzaro joriy qilgan eksport bojlarini 90 kunga kamaytirishga kelishib oldi. Unga koʻra, Xitoy AQShga nisbatan qoʻllayotgan bojxona toʻlovini 125 foizdan 10 foizgacha pasaytirdi, AQSh esa Xitoyga nisbatan bojni 145 foizdan 30 foizgacha tushirdi.
AQSh va Qatar hukumatlari oʻrtasida Qatar shoh oilasiga tegishli boʻlgan lyuks darajada jihozlangan Boeing 747 samolyotini Donalьd Trampga vaqtincha foydalanish uchun berish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Samolyot Trampning vakolati tugagach, uning prezidentlik kutubxonasiga sovgʻa qilinishi ham mumkin.
2025 yil 15 may kuni Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina prezidentlari — Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri tinchlik muzokaralari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu uchrashuv 2022 yil mart oyidagi muzokaralardan soʻng ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi ilk bevosita muloqot boʻladi.
bu kelishuv toʻgʻridan-toʻgʻri Hamas va AQSh oʻrtasida imzolangan – isroil bu kelishuvda ishtirok etmagan. Falastin qarshilik harakati amerikalik harbiy asir va yana 10 nafar yahudiyni ozod qilishi evaziga 70 kunlik otashkesim eъlon qilinib, chegaralar ochilishi hamda Gʻazoga insonparvarlik yordami kiritilishi kutilyapti.
New York Times (NYT) gazetasi kolumnisti Tomas Fridman “Bu Isroil hukumati bizning ittifoqdoshimiz emas” sarlavhali maqolasida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanьyaxu oʻz manfaatlarini Isroil va AQSh manfaatlaridan ustun qoʻyayotganini taъkidladi.
AQSh prezidenti Donalьd Tramp AQSh vositachiligidagi muzokaralardan soʻng Hindiston va Pokiston toʻliq va darhol oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishib olganini maъlum qildi.
Microsoft asoschisi va milliarder Bill Geyts keyingi yigirma yil ichida oʻz boyligining 99 foizini xayriya ishlariga sarflashga qaror qilganini maъlum qildi. Uning aytishicha, bu qarorga kelishiga Endryu Karnegining "Boy boʻlib vafot etgan odam sharmanda boʻlib oʻladi" degan fikri taъsir qilgan.
AQShning Nьyu-Jersi shtatida yangi ochilgan Migratsiya va Bojxona nazorati boshqarmasi (ICE) markazini tekshirmoqchi boʻlgan Nьyuark shahar hokimi Ras J. Baraka qoʻlga olindi. Baraka, Nьyuarkda bunday markaz ochilishiga qarshi ekanini bildirib, masъul shaxslar bilan birga ICE markazida tekshiruv oʻtkazishga uringan.
Pokiston armiyasining maъlum qilishicha, Hindiston ballistik raketalar orqali fuqarolik hududlari va ayrim harbiy bazalarni nishonga olgan.
Amerikalik taniqli siyosatshunos va "yumshoq kuch" nazariyasi asoschisi Jozef Nay 88 yoshida vafot etdi. Nay Gʻarb mamlakatlarining toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy aralashuvsiz ham boshqa davlatlarga taъsir oʻtkazishi boʻyicha kontseptsiyani ishlab chiqqan. Buning uchun ular ommaviy axborot vositalari va boshqa imkoniyatlaridan foydalanib, oʻzining madaniyati va turmush tarzini targʻib qilishi kerak edi.